44
gruppasiga kiritiladi. A. Hojiev bu formani hozirgi-kelasi zamon fe’li sifatida
qaraydi va uni «hozirgi- kelasi zamon gumon fe’li» nomi bilan ataydi.
A. A. Koklyanova esa hozirgi o‘zbek tilida bu forma ish-harakatning
bajarilishidagi gumon, taxmin kabi ma’nolarni ifodalaganligi
uchun uni aniqlik
mayli formalari gruppasiga qo‘shib bo‘lmaydi, degan mulohazani aytadi.
25
Mavjud faktlarning ko‘rsatishicha, hozirgi o‘zbek tilida kelasi zamon
ma’nosini ifodalash uchun asosan
olaman tipidagi hozirgi-kelasi zamon fe’li bilan
-(a)r affiksli
olarman tipidagi kelasi zamon gumon fe’li qo‘llanadi.
-moqchi, -a-(y)
+digan affikslari bilan yasalgan
olmoqchiman, oladiganman tipidagi formalar esa
o‘ziga xos modallik ma’nolariga ega bo‘lib, bularni aniqlik maylining kelasi
zamon formalari sifatida qarash to‘g‘ri bo‘lmaydi.
Eski o‘zbek tili uchun xarakterli bo‘lgan
-g‘u affiksli
alg‘um- (dur) tipidagi
forma va Xorazm dialekti uchun xos bo‘lgan
-ajaq affiksli
alajaqman tipidagi
forma hozirgi o‘zbek tilining umumiy normasiga kirmaydi. Eski o‘zbek tili uchun
xarakterli bo‘lgan va Xorazm shevalarida iste’molda bo‘lgan
-g‘ay affiksli
alg‘ayman tipidagi forma esa hozirgi o‘zbek
tilida asosan istak, tilak, orzu kabi
ma’nolarda qo‘llanadi. Bu formalar hozirgi o‘zbek tilida juda kam iste’molda
bo‘lib, badiiy adabiyotda, asosan, she’riy asarlarda uchraydi.
Yozma yodgorliklardan ma’lum bo‘lishicha, eski o‘zbek tilida kelasi zamon
fe’lini asosan
-g‘u affiksli
alg‘um(dur) tipidagi forma bilan -g‘ay affiksli
alg‘ay-
men tipidagi forma tashkil etgan. Shu bilan birga, yuqorida ko‘rganimizdek, eski
o‘zbek tilida kelasi zamon ma’nosini ifodalash uchun
-r affiksli
alur-men tipidagi
hozirgi-kelasi zamon fe’li bilan
ala-men (<
aladur-men<,ala turur men) tipidagi
hozirgi zamon fe’li ham qo‘llangan.
Bulardan tashqari, ayrim manbalarda kelasi zamon fe’lining
-asы/-әsi, -ыsar/-
isәr, -ijak/әjәk affiksli formalari ham kuzatiladi. Bu formalar o‘zbek
tiliga oid
bo‘lgan yoki o‘zbek tiliga ma’lum darajada aloqador bo‘lgan manbalarning
25
A. A. Koklyanov.
Kategoriya vremeni v sovremennom uzbekskom yazыke, M., 1963, str.
10—12.
45
ayrimlaridagina uchraydi, bularda ham faqat III shaxs birlik formasida qo‘llangan.
1.
–asы//-әsi. affiksli forma XIII—XIV aerlarga oid ayrim manbalarda qayd
qilindi: Bu shaharg‘a bir payg‘ambar hijrat qыlasы turar, ya’ni kelәsi turur (Taf.,
46 b).
Bilүrsen kim, ul iman keltүrәsi turur (Taf. 124 a).
2.
-ыsar/-isәr affiksli forma XIV asrga oid yodgorliklarning ayrimlarida
qo‘llangan:
Ichәliң badanы, gullar solыsar,
Tanыmыz aqibat tupraq bolыsar (MN, 309 a).
Өzimizga өzimiz yыg‘lasaq har,
Kim ush biz-tek bizә kim yыg‘layыsar (XSh, 113 a)
Yarash bu bag‘rы tash birlә, ey yar,
Kim ush tүn bardы, bu kun qalmayыsar (XSh 98 a)
Bolusar ul yaqыnda elgә muhtaj
Chekib iflas elidin kөp mashaqqәt (Saroyi, 142 b).
Minnat kөtүrүb tirilgәn er xar өlisәr
3. O‘zbek tilida
–ajaq/-әjәk affiksli formaning qo‘llanishi XVIII—XIX
asrlardan boshlab kuzatiladi. Lekin bu davrda
ham ushbu forma xorazmlik
shoirlarning asarlaridagina uchraydi. Masalan:
Gulshani bazmыm ara zulfi samana kelәjәk,
Ag‘zы g‘uncha, yuzi gul, qamatы zeba kelәjәk
(Komil Xorazmiy)
O‘zbek tilida bu formaning XX asr boshlaridan (asosan vaqtli matbuot
sahifalarida) ma’lum darajada aktivlasha borgani kuzatiladi va 1920—30 yillarda
turli janrlarga oid asarlarda ancha aktiv iste’molda bo‘lgan.
26
Hozir esa,
yuqorida
26
B . T u r d i a l i e v .
Morfologicheskie osobennosti yazыka periodicheskoy pechati 1905—1917 gg., ADD, Tashkent, 1969,
str. 20
46
aytilganidek, Xorazm dialekti uchun xos bo‘lib, o‘zbek adabiy tilida kam
qo‘llanadi, asosan badiiy adabiyotda kuzatiladi.
Kelasi zamon fe’lining
-asы/-әsi, -ыsar/-isәr, -ajaq]-әjәk affiksli formalari
tarixan o‘g‘uz gruppasidagi turkiy tillar uchun xarakterli bo‘lib, bu tillarga oid
yozma manbalarda ham aktiv iste’molda bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: