chavыqar kүki (QB).
Unamadы, aydы: qazashың halы,
Yavuzraq, әy bilgәm, kүnәr-tәk yolы (QB).
Bu Oytoldы aydы: sөzүg bilgәdin,
Eshitgү, biligsizgә aysa kәzin (QB). (Olt. Yor).
Demak, turkiy tillar taraqqiyotining qadimgi davrlarida -gә yordamida
yasalgan bilgә tipidagi hozirgi-kelasi zamon sifatdosh formasi mavjud bo‘lib, bu
forma dastlabki davrlarda predikativ funktsiyada qo‘llangan, atributiv pozitsiyada
kelgan, shuningdek, otlashgan holda ham aktiv qo‘llangan. Keyinchalik uning
predikativ funktsiyasi rivojlangan va unga [y] undoshi qo‘shilib, -gәy(-g‘ay, -qay, -
kәy) affiksi vujudga kelgan. Bunda [y] undoshi dastlab III shaxs birligiga, ya’ni
so‘z oxirida kelgan ochiq bo‘g‘inga qo‘shilgan (bilgә>bilgәy).
50
-g‘a(-gә) affiksi o‘z navbatida ikki mustaqil affiksning birikuvidan tashkil
topgan murakkab affiks bo‘lib (-g‘+a), bulardan birinchisi, ya’ni -g‘(-g) formanti
fe’ldan ism yasovchi -g‘(-g) affiksini eslatadi (bil + [i]g>bilig, ө + g>өg).
Ikkinchisi, ya’ni -a(-ә) formanti esa sifatdosh hamda ravishdosh ma’nolarini
ifodalovchi affiks bo‘lishi mumkin.
-g‘ay affiksli forma eski o‘zbek tilida quyidagi ma’nolarda qo‘llangan:
1. Kelasi zamon ma’nosida qo‘llangan: Taqы kөrgәy-sen: xalayiqlar kim,
kirgәylәr, … (Taf., 114 b). Tavratda kөrdilәr kim, shundag‘suvrat-u sifatlыg‘
og‘lan tug‘g‘әy, Baytulmuqaddasnы xarab qыlg‘ay taqы өkүsh artuq ishlәr
qыlg‘ay (Rabg‘., 600).
Bir kechә barg‘ay-men, tedi, qashыg‘a,
Kim Xojasta atlыg‘ zebai arus (TN, 13 b).
2. «Umumzamon» ma’nosini ifodalaydi. -g‘ay formasidagi fe’llarning bunday
qo‘llanishi asosan maqollarda, hikmatli iboralarda kuzatiladi: Shah uldur kim,
almag‘ay-u bergәy; gada uldur kim, sachmag‘ay-u tergәy (Nav. MQ, 73).
3. Kontekstda har dam, har vaqt, har nafas, hamisha, payvasta kabi payt
ma’nosidagi so‘zlar bo‘lganda, -g‘ay formasidagi fe’llar ifodalagan ish-harakat
doimiy, takrorlanuvchi xarakterga ega bo‘ladi:
Vah, nechә jismimni g‘amd’ң natavan etkәy firaq?
Natavan jismimg‘a har dam qasdi jan etkәy firaq.
(Nav. G‘S, 59 a)
4. Nutq momentidan keyin bajarilishi taxmin, faraz qilingan ish-harakatni
ifodalaydi, ya’ni hozirgi o‘zbek tilidagi -(a)r affiksli kelasi zamon gumon fe’li
ma’nosida qo‘llangan: Bu tayaq kishiniң amanatы turur, boltay kim, izisi kelgәy,
qolg‘ay (Taf. 28 b).
-g‘ay formasidagi fe’llar taxmin, faraz kabi ma’nolarda qo‘llanganda, ish-
harakat o‘tgan zamonga taalluqli bo‘lishi ham mumkin, ya’ni bunday hollarda ish-
harakatning nutq momentidan oldin bajarilganligi (yoki bajarilmaganligi) taxmin
51
qilinadi. Mas: Taxtыnы ushbu yerdә qoyg‘ay teb, taxtnың tөrt ayag‘larы turg‘an
yerni qazdы (Rabg‘. T, 404).
Keltirilgan misollarda -g‘ay formasidagi qoyg‘ay, bolg‘ay fe’llari hozirgi
o‘zbek tilidagi «qo‘ygandir» (yoki «qo‘ygan bo‘lsa kerak»), «bo‘lsa kerak»
ma’nosida qo‘llangan bo‘lib, ish-harakatning bajarilganligi haqida taxmin, faraz
qilinganini ko‘rsatadi. Bu ma’noda ko‘pincha -mыsh yoki -g‘an affiksli o‘tgan
zamon sifatdoshiga bol- fe’lining -g‘ay affiksli formasi qo‘shilishi asosida hosil
bo‘lgan -mish + bolg‘ay yoki -g‘an + bolg‘ay tipidagi forma qo‘llangan.
5. Tilak, istak, xohish kabi ma’nolarni ifodalaydi:
Jamalың nur salg‘ay tufrag‘ыmg‘a,
Sevүngәy qalbыm, ruh-u ravanыm (DN, 137 a).
Dostları ilə paylaş: |