53
kelasi zamon fe’li sifatida ifodalangan. Qadimgi uyg‘ur tiliga oid manbalarda ham
bu forma asosan kelasi zamon fe’lini tashkil etib, istak, tilak, maqsad kabi
ma’nolarni ifodalashda ham qo‘llangan. Eski o‘zbek tilida esa, ayniqsa, XV—XIX
asrlar davomida
-g‘ay affiksli forma juda aktiv iste’molda bo‘lib, yuqorida
ko‘rganimizdek, xilma-xil ma’nolarni ifodalashga xizmat qiladi. Bu forma hozir
ham har xil turkiy tillarda turli ma’nolarda qo‘llanadi. Masalan, oltoy, xakas, tuva,
to‘falar, sho‘r tillarida istak, tilak, iltimos, maqsad, niyat, umid, taxmin kabi
ma’nolarda qo‘llanadi. Hozirgi o‘zbek tilida esa bu formaning iste’mol doirasi
ancha chegaralangan bo‘lib, istak, tilak, iltimos kabi ma’nolarda do‘llanadi.
Hozirgi uyg‘ur, tatar, boshqird, qirg‘iz, qoraqalpoq tillarida ham shunday.
Demak,
-g‘ay affiksli forma turkiy tillarda dastlab asosan aniqlik maylining
kelasi zamon formasi sifatida shakllangan bo‘lib, keyinchalik kelasi zamon
tushunchasi bilan bog‘liq bo‘lgan xilma-xil ma’nolarda qo‘llangan.
-g‘ay affiksli
formaning xilma-xil ma’nolarda qo‘llanishi uning nomlanishida ham har xilliklar
paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Masalan, N. F. Katanov turkologik adabiyotlarda
bu formaning quyidagicha to‘rt xil nom bilan atalishini qayd qilgan:
«soslagatel’noe naklonenie», «jelatel’noe naklonenie», «buduщee vremya»,
«predupreditel’naya forma jelatel’nogo nakloneniya».
28
Keyingi davrlarga oid
adabiyotlarda bu formaning nomlanishi yana ham har xil bo‘lib borgan. Qisqasi,
umumturkologik adabiyotlarda, shuningdek, har xil turkiy tillarga oid asarlarda bu
formaning yigirmadan ortiq nom bilan atalishi kuzatiladi. Bu o‘rinda shu narsani
hisobga olish kerakki, ushbu formani u yoki bu nom bilan atashda avtorlar
tekshirilayotgan davr tilida (yoki yodgorlik tilida) va har bir turkiy tilda bu
formaning ifodalagan konkret ma’nosidan kelib chiqqanlar. Bu tabiiy holdir.
Dostları ilə paylaş: