49
Mavjud faktlar bu affiks dastlab
-g‘a formasida qo‘llangan bo‘lib, keyinchalik
unga [y] undoshi qo‘shilishi bilan
-g‘ay formasi vujudga kelgan, degan fikrni
tasdiqlaydi.
-g‘a formanti aslida hozirgi-kelasi zamon ma’nosidagi sifatdosh formasini
yasovchi affiks bo‘lgan. Lekin yodgorliklar tilida bu affiks yordamida
bil-
(bilmoq),
ө- (o‘ylamoq, fikrlamoq) kabi ayrim fe’llardangina sifatdosh yasalishi
kuzatiladi (
bil+gә, ө+ge).
Yodgorliklarda
өgә sifatdoshi asosan otlashgan holda, ba’zan atributiv
pozidiyada qo‘llangan.
Bilge sifatdoshi esa quyidagi uch holatda qo‘llangan:
1. Predikat funktsiyada kelgan:
Nәgү bilgә telva bilig qadrыnы (QB).
Biligsiz
nә bilgә bilig qimmatы (QB).
2. Atributiv pozitsiyada (aniqlovchi vazifasida) qo‘llangan:
Bilgә qag‘an
әrmis (KT).
Bilgә Tonyuquq qazg‘antuq үchүn (Ton).
Әshitkil ңagү bөkү bilgә bәg
(QB).
Bilgә әrig әzgү tutub, sөzin әshit (MK).
3. Otlashgan holda qo‘llangan:
Alp chәrikdә,bilgә tirikdә (MK).
Өkүsh
sөzlәyү bilgә bolmas kishi (QB).
Bilgә sifatdoshi otlashganda, ot kategoriyasiga xos bo‘lgan egalik, kelishik va
ko‘plik affikslarini ham qabul qiladi:
Nәgү tәr, eshit tәjik bilgәsi. Tәjik bilgәlәri
Dostları ilə paylaş: