Ajratilgan vaqt : 2 soat Mavzu bo’yicha asosiy masala(savol)lar



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə11/104
tarix25.11.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#134226
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   104
portal.guldu.uz-ONA TILI

Muhokama uchun savollar:
1.1.1. Sintaktik munosabat nima?
1.1.2. Sintaktik munosabat necha turga bo’linadi?
1.2.1 Predikativ va muvofiqlashuv munosabatining umumiy va farqli xususiyatlari nimalarda ko’rinadi?
1.2.2. Gap tuzish uchun sintaktik munosabatning qaysi turi muhim?
1.2.3. Sintaktik munosabatlar qaysi sintaktik qurilmalarda faoliyat ko’rsatadi?
2-savol: Sintaktik aloqa va uni ifodalovchi vositalar.
Darsning maqsadi: Sintaktik aloqa va uni ifodalovchi vositalar to’g’risida tushuncha hosil qilish.
Identiv o’Quv maQsadlari:
2.1.1. Sintaktik aloqa va uning ifodalovchi vositalarni aytib beradi.
2.2.1.Sintaktik aloqa vositalarining farqlarini tushuntiradi.
2.3.1.Sintaktik aloqa vositalari yordamida sintaktik birliklar tuzadi.
2.4.1.Sintaktik aloqa vositalarini tuzilishiga ko’ra tasniflaydi .
2.5.1.Kelishik qo’shimchalarining sintaktik aloqa vositalari ekanligini isbotlab beradi .
2-savol bayoni:
Har qanday sintaktik birliklar qismlarining o’zaro mazmuniy munosabati o’zining shakliy bog’lanish vositalariga va bog’lanish usuliga ega. Ayni shu hodisa sintaktik aloqa timsolida namoyon bo’ladi. Demak, sintaktik aloqa o’zaro mazmuniy munosabatda bo’lgan sintaktik birliklar qismlarining so’z birikmasi, gap va matn tarkibida shakliy bog’lanishidir. Bu shakliy sintaktik munosabat ham deyiladi. Demak, sintaktik aloqa u yoki bu mazmuniy munosabatdagi qismlarning o’zaro bog’lanishini ifodalovchi sintaktik tushunchadir. Sintaktik aloqa ma’lum bog’lovchi vositalar yordamida ro’yobga chiqadi. Bunday vositalar sintaktik aloqa vositalari deyiladi .
O’zbek tilining qonun-qoidalari asosida ma’lum bir so’z yoki so’zlar guruhini bog’lab, nutqning mustaqil (sodda, qo’shma gaplar va mikro matn) va nomustaqil xususiyatga ega bo’lgan birligi sifatida shakllantiruvchi va ularni bog’lovchi vositalar sintaktik aloqa vositalari hisoblanadi. Hozirgacha quyidagi sintaktik aloqa vositalari aniqlangan:
1. So’z o’zgartuvchi qo’shimchalar. Bular kelishik, egalik, shaxs-son qo’shimchalaridan iboratdir.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin