Ajratilgan vaqt : 2 soat Mavzu bo’yicha asosiy masala(savol)lar



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə6/104
tarix25.11.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#134226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
portal.guldu.uz-ONA TILI

Muhokama uchun savollar:
2.1.1. Grammatika nimalarni o’rganadi?
2.1.2. Morfologiya va sintaksis nima uchun grammatikaning tarkibiga kiradi?
2.1.3. Morfologiya va sintaksisning o’zaro bog’liqligi nimalarda ko’rinadi?
2.1.4. Morfologiya nimalarni o’rganadi?
2.1.5. Sintaksis nimalarni o’rganadi?
2.1.6. Sintaktik birliklar qaysilar?
2.1.6. Sintaktik birliklar qanday xususiyatlarga ega?
3-savol: Grammatikaning umumiylik xususiyati.
Darsning maqsadi: Talabalarda grammatikaning umumiyligi to’g’risida tushuncha hosil qilish.
IDENTIV O’QUV MAQSADLARI :
3.1.Leksik va grammatik ma’noni aytib beradi.
3.2.Turkumlik belgisini izohlab beradi.
3.3. Turkumlarga xos belgilarning umumiyligini tushuntirib beradi .
3.4. So’zlarning bog’lanish usullarining umumiyligini izohlab beradi.
3-savol bayoni:
Tilning tovush tizimi va lug’aviy sathi uning aniq, bevosita seziladigan, o’qilaib,anglanadigan tomonlaridir. Bunda tilning tovush tomoni uning ma’nosiz tomoni bo’lsa, leksika uning ma’noli tomonidir. Biroq tilning ma’noli tomoni ma’nosiz tomonisiz voqelana olmaydi, moddiylik kasb etmaydi. To’g’ri, leksika yozma shaklda ham moddiylik kasb etadi, biroq hozirgi yozuvlarni tovushlarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi.Ularning fonetik (tovushli) yozuv deyilishi ham shundan. Bu holda tovush tizimi, ta’bir joiz bo’lsa, harfning «ma’nosidir» Demak, yozuv tovush tomoni tufayli mavjuddir. Binobarin, til ma’noli tomonining ikki xil shakli bordek tuyulsa-da, bu ikki shakl aslida bir hodisaning ikki ko’rinishi bo’lib, bu ko’rinishning biri ikkinchisi asosida yuzaga kelgan. Boshqacha aytganda, ular til ma’noli tomonining o’ziga xos farqli ikki ko’rinishi emas. So’zlarning yozma shakli tovushsiz alohida yashash imkoniyatiga ega emas, ular tovushsiz o’z kuchi, ahamiyatini yo’qotadi. Xullas, yozuv tilning fonetika yoki leksika singari mustaqil sohasi emas, balki ularning «soyasi»dir. Fonetika va leksika uchun bu «soya»ning bo’lishi-bo’lmasligining ahamiyati yo’q, biroq «soya» uchun ularning bo’lishi shart. Shu bilan birga, bu «soya» tovush tizimi va leksikaning tilning aniq, konkret mohiyatga ega tomonlaridan ekanligini yana bir bor isbotlaydi.
Tilning tovush tomoni va leksikasiga konkretlik, aniqlik xarakterli bo’lsa, tilning grammatikasi uchun mavhumlik va umumiylik xosdir. To’g’ri, grammatik shakllar aniq, konkret, biroq bu aniq shakllarning ma’nosi leksik ma’noga nisbatan umumiyligi, mavhumligi bilan xarakterlanadi. Chunki grammatik shakl va grammatik ma’no bir so’zni nazarda tutmay, u yoki bu turkum, guruhga oid so’zlarga taalluqlidir. Jumladan, so’zlarning o’zgarishi, birikishi haqidagi har bir qoida ma’lum bir so’zning o’zgarishi, bog’lanishigagina emas, balki shu turkumdagi yoki shu guruhdagi barcha so’zlarga, chunonchi, otlarga yoki otlashgan so’zlarga xos grammatik qoida bo’lib umumlashadi. Masalan, otlardagi kelishik, egalik, son, fe’llardagi zamon, nisbat, mayl, shaxs-son; sifat va ravishlardagi daraja kabilar yoki ega yoki kesim, ergash, bosh gap kabi hodisalar muayyan bir so’z, gapga xos emas, balki bir necha yoki bir turkumga xos umumlashgan grammatik hodisalardir.
Grammatika muayyan bir predmet nomi bilan qiziqmaydi. Grammatika predmetning og’ir-engilligi, rangi, to’g’ri-egriligi, qattiq-yumshoqligi, uzun-qisqaligi va boshqa xususiyatlarni nazarda tutmaydi. Grammatika uchun er, osmon, daryo, daraxt, suv, tuproq, odam, quvonch, do’stlik kabi so’zlarning umumlashgan, mavhumlashgan grammatik xususiyati muhimdir (bularning umumiy belgisi predmet yoki hodisa, munosabatning umumiylashgan nomini anglatishdir), shuning uchun grammatika bu so’zlarni ot kategoriyasi doirasida umumlashtiradi va shu yo’sinda o’rganadi.
Demak, so’zning aniq, bevosita uqiladigan ma’nolari uning leksik-lug’aviy sathiga oid bo’lsa, uning ana shu aniq ma’nosi asosidagi mavhum, umumiy ma’nosi grammatika sathiga oiddir. Biz buni grammatikaning o’rganish ob’ekti bo’lgan har bir hodisada, jumladan, so’z birikmasi komponentlarining o’zaro bog’lanish usullarida ham ko’ramiz. Moslashuv, boshqaruv, bitishuv deb atalgan bu usullar chegaralanmagan miqdordagi so’zlarning bog’lanish xususiyatlarini o’zlarida aks etiradi. Jumladan, moslashuv mening daftarim, shoir qalbi, uzukning ko’zi, futbolchining harakati, gapning bo’lagi, kostyumning tugmasi, qovunning ta’mi kabi cheksiz miqdordagi birikmalarning bog’lanish xususiyatlarini bildiradi.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin