Muhokama uchun savollar: 1. Grammatikani keng va tor ma’noda tushunish.
2. Grammatikaning tarkibiy qismlari, ularning o’zaro bog’liqligi va farqi.
3. Sintaksis nutq birliklarini o’rganishi kerakmi, til birliklarini o’rganishi kerakmi?
4. Grammatikaning umumiyligi nimada?
2- savol: Grammatikaning o’rganish ob’ektlari. Darsning maqsadi: Grammatikaning o’rganish ob’ektlari: so’z turkumlari, so’z-shakllari, so’zlarning o’zaro aloqasi va munosabati, so’z birikmalari, gaplar haqida umumiy tushuncha hosil qilish.
IDENTIV O’QUV MAQSADLARI . 2.1. Grammatikaning o’rganish ob’ektlarini aytib beradi.
2.2. Grammatikaning o’rganish ob’ektlarini farqlaydi .
2.3. Berilgan javobdan grammatikaning o’rganish ob’ektlarini topib beradi.
2.4. Grammatikaning va leksikologiyaning o’rganish ob’ektlarini taqqoslaydi.
2.5. Berilgan til birligiga grammatik jihatdan baho beradi.
2- savol bayoni : Grammatika so’zlarning umumiy ma’nolari, so’zlarning o’zgarishi, gapdagi munosabati, o’zaro bog’lanishi haqidagi qoidalardan iborat bo’lib, u tilning ichki xarakterini, holatini ko’rsatadi. Adabiy tilni yaxshi egallash, fikrni aniq, ravshan tushuntirish, adabiy tilda so’zlashish uchun tilning lug’at tarkibi bilan birga grammatikasini puxta bilish zarur. Tilning so’z boyligini, so’zlarning to’g’ri va turli ko’chma ma’nolarini, uslubiy imkoniyatlarini,shuningdek, grammatik hodisalar, qonun-qoidalarni o’zlashtirmay turib, tilni mukammal egallash mumkin emas. Har bir tilning leksikasi va frazeologiyasi uning lug’aviy birliklarini tashkil qiladi. Lug’aviy birliklar gap tarkibida doimo o’zaro bog’langan holda bo’ladi, bu esa ularning muayyan shakllarda kelishini taqozo qiladi. Shu ma’noda leksikologiyada leksemalar, lug’aviy ma’no birliklari o’rganilsa, grammatikada so’zlarning umumiy leksik-grammatik kategoriyalari, so’zlarning o’zgarishi natijasida yuzaga keladigan so’z-shakllar, so’zlarning o’zgarishini ta’minlovchi omillar, so’zlarning bog’lanishi, buning natijasida yuzaga keladigan bog’lanmalar, bu jarayonni yuzaga keltiruvchi omillar, qonun-qoidalar, usullar o’rganiladi.