Ajratilgan vaqt : 2 soat Mavzu bo’yicha asosiy masala(savol)lar



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə71/104
tarix25.11.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#134226
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   104
portal.guldu.uz-ONA TILI

To’ldiruvchi 21-jadval


Ma’nosi

Turlari


Ko’rsatkichlari

Ifodalanishi

Misollar

Harakat o’z us-tiga olgan,
harakat yo’nal-gan, harakatga biror yo’l bi-lan bog’langan predmetni bildiradi.

Vositasiz to’ldiruvchi.

-ni

Otdan

Moskvani sen bilmaysan, qonxo’r yov (H.O)

Sifatdan

Yaxshidan ot qo-lar, yomondan dod.

Sondan

Beshni o’nga qo’sh-sak, o’n besh.

Olmoshdan

O’zingni er bil-sang, o’zgani sher bil. (Maqol)




Vositali to’ldiruvchi

1)vositali kelishik-lar (o’rin-payt, chiq-ish va jo’-nalish ke-lishikla-ri) keli-shikli birikma;
2)ko’makchilar ko’mak-chili bi-rikma

Harakat nomidan

Laylakning ke-tishiga boqma, ke-lishiga boq. (Maqol)

Sifatdoshdan

Bilmaganini so’-rab o’rgangan ol-im. (Maqol)

Ravishdan

Ko’pdan quyon qoch-ib qutulmas.

Bir necha so’zdan

Dasturxon boshida Yodgor undan qa-moqdan qanday qu-tulganini va qan-day qilib askar bo’lganini so’radi. (S.Ahm)



Muhokama uchun savollar:
2.1.1. To’ldiruvchining gapdagi vazifasi nimadan iborat?
2.2.1. To’ldiruvchining qaysi turlarini bilasiz?
2.3.1. Vositasiz to’ldiruvchi haqida nimalarni bilasiz?
2.4.1. Vositali to’ldiruvchining ma’no-vazifasi, grammatik shakllari to’g’risida-chi?
3-masala. Hol va uning turlari
Darsning maqsadi: talabalarda hol va uning turlari to’g’risida aniq tushuncha hosil qilish.
Identiv o’quv maqsadlari:
3.1. Holning ta’rifini aytib beradi.
3.2. Holning ma’no turlarini sanaydi.
3.3. Holning ma’no turlarini izohlaydi.
3.4. Holning ma’no turlarini aniqlaydi.
3.5. Hol va to’ldiruvchining o’zaro aloqasini tahlil qiladi.
3.6. Holning ifodalanishini umumlashtiradi.
Hol va uning turlari.
Hol gapning ma’noviy mundarijasi va sintaktik tuzilishida faol qatnashuvchi gap bo’lagidir. Biroq u gapning bosh bo’laklari singari doimiy a’zosi, grammatik markazi emas. Uning gapda qatnashishi so’zlovchining fikri, maqsadiga bog’liqdir. Demak, u gapda qatnashishi ham, qatnashmasligi ham mumkin. Uning sintaktik mavqei ega va kesimdan past turadi. To’g’ri, hol shaklidagi so’zning o’zidan tashkil topgan gaplar ham bor. Biroq u muayyan vaziyatlardagina yuz beradi (to’liqsiz gaplarda yoki bir bosh bo’lakli gaplarda). Binobarin, hol ikkinchi darajali gap bo’lagidir. Harakat - holatning bajarilish o’rni, payti, sababi, tarzi, maqsadi va shu kabilarni ko’rsatib, boshqa bo’lakka tobe bo’lgan ikkinchi darajali bo’lak h o l deyiladi. Hollar aksariyat fe’l-kesimga, shuningdek, harakat nomi, sifatdosh, ravishdosh yoki ravish bilan ifodalangan bo’laklarga bog’lanib, ularni biror jihatdan izohlab keladi. Masalan: Safarov bilan Samandarov qotib-qotib kulishdi. (Kesimga bog’lanib, harakatning qay tarzda bajarilishini ko’rsatgan). Ravon o’qishni dadamdan o’rgandim. (To’ldiruvchiga bog’langan). Hol ravish, ravishdosh, vositali kelishik formalaridagi yoki ko’makchili otlar, harakat nomi, sifat, shuningdek, ravish xarakteriga ega bo’lgan ajralmas birikmalar bilan ifodalanadi. Hol ko’pincha ravish bilan ifodalanadi. Ravish gapda yakka holda yoki o’ziga tobe so’zlar bilan birgalikda hol funktsiyasini bajaradi. Bu uning asosiy sintaktik vazifasidir. Masalan: Muncha asta yurasan? Ot va harakat nomi esa holat, makon, sifat, sabab, maqsad kabi munosabatlarni anglatgandagina hol vazifasida keladi. Ular ba’zan o’ziga tobe bo’laklar bilan birga (yoyiq holda) yaxlit bir bo’lak - hol bo’lib kelishi mumkin: Ulug’bek baland ruh va tetik qadam bilan jo’nadi. Ifodalangan ma’nosiga ko’ra hollar quyidagi turlarga ajratiladi: ravish holi, miqdor-daraja holi, o’rin holi, payt holi, sabab holi, shart holi, to’siqsizlik holi.
Ravish holi. Harakatning qay tarzda, qanday vaziyatda sodir bo’lishini bildiradigan hol ravish holi deyiladi. Ravish holi quyidagicha ifodalanadi: 1. Holat ravishi bilan: Oppoq bulutlar asta-sekin qoraya boshladi. Ravishdosh bilan: Samandar yiqila-yiqila oldinga intildi. 3. Sifat bilan. Ular ko’zlari bilan iliq, samimiy salomlashishdi.4. Ko’makchili yoki ko’makchisiz mavhum otlar va harakat nomi bilan : U Sultonovni o’ylab ich-ichidan achindi. 5. Ravishdosh formasidagi «bo’lmoq» yordamchisi bilan birikkan sonlar bilan: Biz hollarni olti turga bo’lib o’rganamiz. 6. Ekan yordamchisi, holda so’zi bilan birikkan sifatdosh bilan: Bo’taboy hamon o’ylangan holda xatni bukar ekan «uf» tortdi. 7. Taqlidiy so’zlar bilan: Anorxon piq-piq yig’ladi. 8. Ravish xarakteridagi frazeologik birikmalar bilan: Ular... topshiriligan vazifani qo’l uchida bajarib yurdilar.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin