Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/60
tarix23.06.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#117181
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   60
KOMPYUTER LINGVISTIKASIDAN UNIVERSAL QO‘LLANMA

2. Kon'yunksiya amali. Mantiqiy ko‘paytma amali hisoblanib, x va
o‘zgaruvchi mulohazalar ustida bajariladigan kon'yunksiya amali 
belgi bilan 
belgilanadi. Kon’yunksiya lotincha conjunction so‘zidan olingan bo‘lib, bog‘layman 
degan ma’noni bildiradi. Bu amal natijasida hosil bo‘lgan yangi murakkab 
mulohazani 
y
x
ko‘rinishda belgilaymiz. 
Ta’rif: “Va” bog‘lovchisiga mos keluvchi mantiqiy amal konyunksiya amali 
deb ataladi, x va y mulohazalar chin bo‘lgandagina chin qiymatni qabul qiladi, 
qolgan hollarda esa yolg‘on qiymatga ega bo‘ladi. 


y
x
ch 
ch 
ch 
ch 
yo 
yo 
yo 
ch 
yo 
yo 
yo 
yo 
3. Diz’yunksiya amali. Mulohazalar mantig‘ida qo‘llaniladigan uchinchi amal 
bo‘lib, yoki, yohud, yo bog‘lovchilariga to‘g‘ri keladi va 
Y
X
(x yoki y) deb 
belgilanadi. Mantiqiy yig‘indi amali lotincha dizyunction so‘zidan olingan bo‘lib, 
farq qilaman, farqlayman degan ma’noni bildiradi. 
Ta’rif. Rad etmaydigan ma’noda ishlatiladigan yoki // yohud / /yo mantiqiy 
amali diz’yunksiya deb yuritiladi. 
Bu amal x va y yolg‘on bo‘lgandagina yolg‘on qiymat qabul qiladi, qolgan 
hollarda chin qiymatni ifodalaydi. Buni chinlik jadvali asosida quyidagicha ko‘rsatish 
mumkin: 


Y
X
ch 
ch 
ch 
ch 
yo 
ch 
yo 
ch 
ch 
yo 
yo 
yo 
Kon’yunksiya bir vaqtda ketma-ket bog‘lanuvchi ikki va undan ortiq narsa va 
hodisalar munosabatini bildiradi. O‘zbek tilida va, ham, hamda bog‘lovchilari 
yordamida shakllanuvchi sintaktik qurilmalar yordamida ifodalanadi hamda til 
birikmalarining bir chiziqli yo‘nalishga asoslangan sintagmatik munosabatlarni 
o‘zida ifoda etadi. Masalan: 


22 
Diz’yunksiya yesa zidlanish xarakteridagi tasdiq va inkor tarzida 
voqealanuvchi, o‘zaro muqobil hodisalarni bildiradi. O‘zbek tilida yo, yoki, yoxud 
yordamchilari vositasida birikuviga asoslangan paradigmatik munosabat ruyobga 
chiqadi. 
Kon’yunksiya va diz’yunksiya hodisalarini har qanday tilning fonetik, leksik,
morfologik, sintaktik kabi sathlarida izohlash mumkin. Masalan, fonema 
tushunchasining unli va undosh tarkibidagi muqobillari diz’yunksiya amaliga daxldor 
bo‘lsa, (a yoki b, g yoki u),  unlilarning (i va e, u va o, o‘ va a), undoshlarning (v, g, d, 
j, z, k…) o‘zaro munosabati kon’yunksiya amalining tildagi ifodasi sanaladi. 
Kon’yuksiya va diz’yunksiya amallari lug‘aviy sath birikmalarining ma’no 
tarkibida ham juda faol ishtirok qiladi. Buni lug‘aviy sath tarkibiga kiruvchi har bir 
LSC (leksik – semantik guruh) misolida isbotlash mumkin. 
Masalan, o‘zbek tilida qavm – qarindoshlik munosabatini bildiruvchi farzand, 
amaki, amma tog‘a, pochcha, o‘g‘il, qiz, nevara, xola, bobo, buvi kabi so‘zlarning 
ma’no ko‘rinishlari bir umumiy LSC ni tashkil qiladi. Bu semantik birliklar orasida 
o‘zaro dizyunksiya va kon’yuksiya munosabatlari ifodalanadi. Masalan, farzand so‘zi 
giberonimi xarakterdagi atama bo‘lib, uning semantik tarkibida dizyunktiv 
munosabatidagi ikki ma’noviy birlik mavjud bo‘ladi. R=xvy (farzandning qiz yoki 
o‘g‘il). Bu semantik birliklar dizyunktiv munosabatda. Ko‘r farzandli oilalarning 
yana ichki birliklar dizyunktiv birikmalariga ajraladi: Katta o‘g‘il yoki kichik o‘g‘il. 
Bunday munosabat sintaktik birikmalarda so‘z birliklari yordamida nabira 
gibernimini ifodalash uchun qo‘llaniladi: O‘g‘ilning farzandi yoki qizning farzandi = 
nevara; Katta o‘g‘ilning farzandi yoki kichik o‘g‘ilning farzandi = nevara; Kata 
qizning farzandi yoki kichik qizning farzandi = nevara; Katta o‘g‘ilning farzandi yoki 
kichik farzandi = nevara kabilar.
Qarindoshlik atamalarining hammasida ham, ularning ma’no qamrovi 
konyunktiv va dizyunktiv munosabatdagi semantik birliklar ularni belgilovchi 
bosqichlarga ko‘ra o‘zaro farqlanishi mumkin: 
Otaning akasi yoki ukasi = amaki (diz’yunksiya) 
Katta amaki va kichik amaki = amaki (kon’yunksiya) 
Otaning opasi yoki singlisi = amma (diz’yunksiya) 
Katta amma va kichik amma = amma (kon’yunksiya) 
Shunday qilib, farzand, nevara (nabira), amaki, tog‘a, aka, uka, singil, amma, 
xola leksemalarining ma’no qurilishi bilan bog‘liq bunday tahmindan shu narsa 
ma’lum bo‘ladiki, diz’yunksiya munosabatlari doim yonma – yon turadi. Ularni biri 
joyda ikkichisini aniqlash mumkin. Hatto ular ayrim tillarda o‘zaro qorishib ketgan 
holda ifodalanadi. Masalan, rus tilida amma (tyotya), xola (tyotya), singil (sestra, 
mladshaya sestra), tog‘a (dyadya) singari qavm – qarindoshlik atamalarini qo‘llashda 
turkiy tillardagidek farqlanish unchalik ko‘zga tashlanmaydi. Semantik birliklarning 
bunday bog‘lanishi qarindoshlikni bildiruvchi boshqa atamalarga ham tegishlidir.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin