Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/131
tarix10.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#139243
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   131
O\'zbek folklori P

– 202 –
– 203 –
yashashlariga uyg‘un keladi. Olimlar to‘dasidan ajralgan 
«yolg‘iz» hamisha yo‘ldan adashib, «ulkan bilim»dan bebahra 
qolganligini kuzatishgan. Baxshi-shoirlar ham an’anadan 
chekinib, individual ijodga o‘tsa, o‘zi doston-qo‘shiq ijod qilsa
ko‘pincha «adashib» aro yo‘lda qolib ketishi shundan. Bunga 
ko‘pchilik baxshi-shoirlarning sho‘ro davridagi mualliflik 
termalari yorqin misol bo‘lib turibdi. Yoki xalqona yo‘lga 
taqlidan yozilgan aksariyat asarlarning shaklni olib, qalbsiz 
qolishi, badiiy sayozligi sababi ham ushbu qonuniyatda izoh 
topadi. Xuddi shuningdek, xalq ijodiyotida an’anadan uzilgan 
avlod va shaxs ham xalqona ramz va obrazlarni tushunmay 
qiynaladi. Shu ma’noda E.Fromm ramzlar tilini maktablarda 
chet tilini o‘rgatganday o‘qitish kerak, deganda haqlidir. 
Ramzlar qo‘shiqlar mazmunini tushunishda bir kalit. 
Kalit qopqani ochadi. Qopqadan kirish, xazinaga ega bo‘lish, 
ochguvchiga bog‘liq. Har qanday boylik qadrlansa bahosi 
bilinadi. Bahosini olgan nimaiki bor, yangidan tug‘ilib, qayta 
quvvatga kiradi. 
Qo‘shiqda lirik qahramon ayriliq, hijron dardida o‘rtanib, 
yori, ota-onasi, do‘st-u birodarlari va yo elidan xabar kutib, 
baxtiga, sevgisiga g‘ayirlik qilgan bo‘htonlardan kuyinib 
kuylaganda, uning «xabar» bilan bog‘liq ichki kechinmalari, 
o‘y-tuyg‘ularini ifodalashda vosita bo‘lgan obrazlar 
mazmuniga ko‘ra «xabarchi» ramzlar hisoblanadi. Qo‘shiqda 
xabarchi ramz sifatida qarg‘a, g‘oz, o‘rdak, turna, qaldirg‘och 
kabi qushlar obrazi keladi. Faqat XX asrda yaratilgan bir qator 
namunalarda bu vazifani qushga shaklan o‘xshash – samolyot 
ham bajargan.
Lirik qo‘shiqlar tarkibida ro‘mol – oila; olma – farzand, 
sevgi; tom – turmush qurish; tol – yigit; tog‘ – suyanchiq; ota-
ona, yaqin qarindosh, do‘st; shaftoli – o‘tkinchi muhabbat
qizil – qiz, ayol; oq – er kishi; qora – motam; sariq – ayriliq, 
hijron, yasama xol – xiyonat tub ramziy ma’nolariga ega.



Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin