Foydalanilgan adabiyotlar 1. Hutorskoy A. V. Pedagogicheskaya innovatika. - M.: Akademiya, 2008.
2. Yusufbekova N.R. Obshie osnov pedagogicheskoy innovatiki: Opit razrabotki teori innovatsionnix processov v obrazovanii. -M., 1991.
3. Hasanboyev J., To ‘raqulov X. va boshqalar. Pedagogika fanidanizohli lug‘at. - T., 2009.
4. L.I.Petrova Organizatsiya obrazovatelnogo prosessa v shkole. -Rostov-na-Donu, Feniks, 2008.
5. Slastyonin V.A., Podimova L.S. Pedagogika: Innovatsionnaya deyatelnost. - M.: Magistr, 1997.
6. R.Mavliyanova, N.Raxmankulova “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiyasi va integratsiyasi”.T.,2013
11-seminar mashg’ulot: O‘qituvchilarning innovatsion faoliyati va innovatsion salohiyati. Reja: 1.Innovatsion faoliyat va uning o‘ziga xosliklari.
2. Innovatsion salohiyatning tuzilishi, mazmun va mohiyati.
3.Pedagog kadrlarning innovatsion salohiyati rivojlanishini boshqarish.
MASHG’ULOTNING BORISHI: (Dastlab, o‘qituvchi tomonidan talabalardan mashg’ulot topshiriqlari (uyga vazifa) so‘raladi va ularning konspekt daftarlari tekshiriladi, mashg’uulot davomida esa talabalarning nazariy bilimlarini savollar (test, og’zaki, yozma),topshiriqlar yordamida tekshiriladi.
Berilgan nazariy ma’lumotlarni o‘rganing. Mavzuga oid adabiyotlar bilan tanishing. So‘ngra berilgan topshiriqlarni bajaring.
1. «Sevimli o‘qituvchimning darsi qiziqarli bo‘lishining sababi shundaki...» mavzusiga asoslangan esse yozish. Topshiriqni bajarish tartibi: 1. Mazkur mavzu yuzasidan o‘z nuqtai nazaringizni bayon eting.
2. Nuqtai nazaringizni asoslash uchun dalillar kiriting.
3. Mavzu yuzasidan aniq xulosalar chiqaring.
FSMU texnologiyasi
Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda hamda o‘quv jarayonini bahs-munozarali o‘tkazishda qo‘llaniladi, chunki bu texnologiya talabalarni o‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini boshqalarga o‘tkazishga, ochiq holda bahslashishga hamda shu bilan birga bahslashish madaniyatini o‘rgatadi. Tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog`ozga o‘z fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi.
F-fikringizni bayon eting
S-Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating
M-ko‘rsatilgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring
U- fikringizni umumlashtiring