Andijon davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi «pedagogik innovatika»


III. Kommunikativ qobiliyatni rivojlantirish uchun quyidagi mashqlar



Yüklə 2,15 Mb.
səhifə52/89
tarix13.12.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#139664
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   89
PEDAGOGIK INNOVATIKA MAJMUA Oxirgisi

III. Kommunikativ qobiliyatni rivojlantirish uchun quyidagi mashqlar1ni bajarish.

  1. Yaqindan tanish bo‘lmagan ota-onalar bilan suhbat” mashqi.

Guruh a’zolari bilan avval yaqindan tanish bo‘lmagan ota-onalar bilan muloqot qilish jarayonini tasvirlashga urinib ko‘ring. Suhbat mavzusini o‘ylab oling. Buning uchun ikki varintda ish ko‘ring: 1) ota-onalar bilan shaxsan o‘zingiz uchrashib, suhbatlashing; 2) ota-onalar bilan o‘quvchingiz ishtirokida uchrashib, suhbatlashing (topshiriqni bajarishda qarama-qarshi tomonlar, shu jumladan, o‘quvchi bilan ham faol muloqotda bo‘lishga alohida e’tibor qarating; yaqinda ishga kelgan hamkasbingiz bilan tanishish jarayonining ham mohiyatini yoriting).

  1. Tortinchoq talabalar bilan muloqot” mashqi.

Tortinchoq o‘quvchilar bilan muloqotni tashkil eting. Mashq jarayonida o‘quvchilardagi o‘ziga nisbatan ishonchsizlik, hadik va qo‘rquvni yengishlari uchun imkoniyat yarating. Buning uchun mimika, pantomimika va jestlardan, rag‘batlantiruvchi so‘zlardan foydalaning. Bu kabi o‘quvchilar bilan muloqotga kirishishning psixologik jihatlarini tahlil qiling.

  1. Kirishimli o‘qituvchi” mashqi.

Agarda kirishimli shaxs bo‘lmasangiz, u holda kirishimli, so‘zamol o‘qituvchi rolini bajarishga urinib ko‘ring. Siz rahbar etib tayinlangan sinf o‘quvchilari bilan ilk marta tanishish jarayonini tashkil eting. O‘quvchilar bilan yaqindan tanishishning o‘ziga xos shakllarini taklif qiling.

  1. Mavjud kayfiyatni saqlab qolish” mashqi.

Kayfiyatingiz a’lo darajada. Dars yoki tarbiyaviy ishlar jarayonida bunday kayfiyatingizning o‘quvchilar, hamkasblaringiz yoki rahbarlar tomonidan buzilishining oldini olish chora-tadbirlarini ko‘ring (bunday vaziyatda yo‘l tutish shakllarining ro‘yxatini tuzing).
5. “Hayotiy vaziyatlar” mashqi.

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin