Maqsad: talabalarda turli hayotiy vaziyatlarni borligicha, aslidek, tabiiy qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Ko‘rsatma: Sizning hayotingizda turli-tuman hayotiy vaziyatlar sodir bo‘lgan. Ularning ayrimlari ijobiy, ayrimlari esa salbiy mazmunga ega. Ayni vaqtda Sizga hayotingizda sodir etilgan hayotiy vaziyatlarning jadvalini yaratish topshirig‘i beriladi. Jadvalda to‘rtta ustun hosil qilib, ularning birinchisini “Ijobiy ahamiyatga ega hayotiy vaziyatlar”, uchinchisini “Salbiy xarakterga ega hayotiy vaziyatlar” deb nomlang. Ikkinchi va to‘rtinchi ustunlarni esa “Ularning oqibatlari” deb nomlab, hayotiy vaziyatlar Sizga nimalarni taqdim etganligini, buning natijasida o‘zingizda qanday fazilat (sifat yoki illat) shakllanganligini tahlil qiling. Jadvalni to‘ldirishni tug‘ilganingizdan boshlab, to 7 yoshgacha bo‘lgan davrda hayotingizda sodir bo‘lgan voqea-hodisalardan boshlang. Eslashga harakat qiling: qanday hayotiy vaziyatlarga duch kelgan va ularni qanday baholagansiz.
6. Diqqat va kuzatuvchanlikni rivojlantirish uchun uchun quyidagi mashqlar2ni bajaring. O‘qituvchilarda pedagogik kuzatuvchanlikni rivojlantirish uchun eng avvalo ularda diqqat yaxshi rivojlanishi lozim. Bunda diqqatni yo‘naltirish, yig‘ish va taqsimlashni, suhbatdoshlar shaxsi (jestlari, mimikasi, harakat sur’ati, ovoz ohangi va boshqalar)ning namoyon bo‘lishini o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Bunga erishishning eng asosiy yo‘li – doimiy ravishda mashq qilish va tajriba to‘plab borish sanaladi.
6.1. “Tavsiflar egasini toping” nomli mashq. Guruhdagi 1-2 nafar tengdoshingizni bir necha vaqt davomida kuzating. Kuzatish natijalarini yozib boring. Kuzatish natijalari asosida tengdoshlaringizning asosiy sifatlari, tarbiyalanganlik darajasi (m: tartibliligi, mas’uliyati, jamoa bilan birligi va boshqalar) to‘g‘risida xulosalar chiqaring. O‘z fikrlaringizni boshqalarning mulohazalari bilan solishtiring.
6.2. “Barqaror diqqat” nomli mashq. Guruhdagi tengdoshlaringiz yoki o‘quvchilaringiz (pedagogik amaliyot jarayonida) misolida diqqatingiz barqarorligini tekshirib ko‘ring. Tasavvur qiling, o‘zingiz uchun mutlaqo notanish o‘quvchilar (talabalar) jamoasiga kirib qoldingiz. Jamoada kim bilimdon, kim manman, xudbin yoki tortinchoq ekanligini, kimning o‘ziga xos “xobbisi” borligi, kimning hech narsaga qiziqmasligini, kimning jamoada qanday “rolni o‘ynashi”ni topishga urinib ko‘ring.
“Tavsiflar egasini toping” nomli topshiriq. Guruhning biror bir a’zosi kayfiyatini yozma ravishda bayon eting. Topshiriq bajarilgach, talabalar o‘zlarining bayonlarini o‘qiydilar. Bayon etilgan holatlar asosida kayfiyat egasi topiladi.