Anorganik kimyo



Yüklə 12,56 Mb.
səhifə12/52
tarix26.11.2023
ölçüsü12,56 Mb.
#135697
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   52
Trening kurs Anorganik kimyo

Kadmiy sulfid CdS kadmiyning suvda eriydigan tuzlarga H2S ni ta’sir ettirilsa sariq cho’kma holida hosil bo’ladi. Kadmiy sulfid suvda, suyultirilgan kislotalarda va ishqorlarda erimaydi. CdS sariq bo’yoq sifatida ishlatiladi, u barqaror va ravshan bo’yoqdir.

Rux va kadmiy


Rux va kadmiyning ishlatilish sohalari
Kadmiy temir va po’lat buyumlarni korroziyadan saqlash uchun ularning sirtiga qoplanadi, oson suyuqlanadigan qotishmalar tarkibiga kiradi. Misga kadmiy qo’shilsa, misning chidamliligi ortib, elektr o’tkazuvchanligi uncha pasaymaydi, shuning uchun bunday qotishmalardan tramvay va trolleybus simlari tayyorlanadi. Kadmiy ishqorli akkumulyatorlar uchun ishlatiladi.
Muhim birikmalari va ishlatilishi
Rux gidrid ZnH2 rux yodidga litiy alanat Li[AIH4] ta’sir ettirish natijasida hosil qilinadi:
2ZnI2 + Li[AIH4] = 2ZnH2 +LiI + AlI3
U o’z xossalari bilan alyuminiy gidridga o’xshaydi.
Rux oksid ZnO oq kukun holida bo’lib, qizdirilganda sarg’ayadi, suvda erimaydi, kislotalarda erib, tegishli tuzlarni hosil qiladi. ZnO oq moy bo’yog’i tayyorlashda, rezina sanoatida, tibbiyotda ishlatiladi. Rux oksid kobalt tuzlari bilan qattiq qizdirilsa, o’zgaruvchan tarkibli yashil modda hosil bo’ladi.
Rux gidroksid Zn(OH)2 rux tuzlari eritmasiga ishqor ta’sir ettirilganda hosil bo’ladigan amfoter gidroksiddir, u kislotalar va ishqorlar bilan reaksiyaga kirishadi, shuningdek ammiak bilan kompleks birikma hosil qiladi:
Zn(OH)2 + 2H+ = Zn2+ + 2H2O
Zn(OH)2 + 2OH- = [Zn(OH)4]2-
Zn(OH)2 + 4NH3 = [Zn(NH3)4(OH)2]
Rux gidroksid kuchsiz elektrolit, shuning uchun rux tuzlari suvli muhitda gidrolizlanadi. ZnF2, ZnCO3, ZnS, Zn(PO4)2 kabi tuzlari suvda amalda eriydi.
Temir tunukalarni korroziyadan saqlash uchun sirti rux bilan qoplanadi. Rux turli qotishmalar tarkibiga kiradi, galvanik elementlarda va laboratoriyalarda turli reaksiyalar uchun ishlatiladi.
Elementlarning davriy sistemadagi o’rni ularning va birikmalarning xossalariga ta’sir ko’rsatishini aytib o’tgan edik. Elementlar birikmalarning eruvchanligi muhim ahamiyatli qiymat bo’lib, eruvchanlik ionlarini hosil qilgan elementlarning radiusi, zaryadi, electron tuzilishi va ionning potensialiga bog’liq (1-jadval). Ma’lumki, ionlar elektron pog’onalarining oshib borishi ular yadrolarning tashqi elektronlarini tortish kuchining kamayishiga va qutblanganligining ortishiga olib keladi. Agar rux, qadmiy va simob (II) ionlarining sulfidlariga nazar tashlasak, elementlar tartib raqamlari, ionlarning radiuslari, elektron pog’onalarining oshishiga va ion potensialining kamayishiga hamda oqibatda sulfidlar barqarorligini oshishiga guvoh bo’lamiz.


Rux, kadmiy va simob (II) sulfidlarning eruvchanligi


Yüklə 12,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin