Baholash ishi va investitsiyalar


Mulkchilik tizimi tushunchasi, uning tarkibi va modellari



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə7/116
tarix06.09.2022
ölçüsü1,76 Mb.
#117698
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   116
baholash 1

4. Mulkchilik tizimi tushunchasi, uning tarkibi va modellari

Fuqarolik huquqlari obyektlari (FHO) o'zlarining xossalari bilan bog’liq funktsiyalarini mulkiy munosabatlarda to'liq bajarishida va uni bir mulkiy huquq subyektidan boshqasiga qonuniy ravishda shaffof o'tishida optimal proportsiyali tuzilmaga ega mulkchilik shakllariga asoslangan samarali mulkchilik tizimining modeli muhim ahamiyatga ega. Bunda mulkchilik tizimning tarkibiy qismlari bo'lgan mulkdorlik institutlari, ularning mulkiy munosabatlari uchun mulk turlari bilan bog’liq professional xizmatlar bozori va mulk narxi shakllanuvchi mulk bozori faoliyatlari samaradorligiga hamda davlatning samarali regulyativ siyosatiga erishish dunyoning barcha mamlakatlari ijtimoiy-iqisodiy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Demak, mulkiy munosabatlar samarali bo'lishi uchun davlat mulkiy huquq subyektlari (MQS) uchun samarali bo'lgan mulkchilik tizimini, ayniqsa xususiy mulkchilik tizimini, shakllantirishi zarur. Zero, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining samaradorligi mulkchilik tizimining samaradorligiga to'g’ridan to'g’ri bog’liq, bunda xususiy mulkchilik tizimi esa halq farovonligini va biznes samarasini belgilaydi.




1.1-rasm. Mulkchilik tizimining namunaviy tuzilmaviy funksional modeli
Mulkchilik tizimining namunaviy funkcional tuzilmasini 1.4.1-rasmda ko'rsatilganidek tasvirlash mumkin. Unga ko'ra, o'zaro uzviy bog’langan M - mulk bozorlari (mulk turlari bo'yicha tasniflanuvchi), B - mulk turlari bilan bog’liq professional xizmatlar (qiymatini baholash, rieltorlik, kadastr, ekspertiza, brokerlik, dilerlik va shular kabi boshqa ifratuzilmaviy xizmatlar) bozorlari, S - mulkiy huquq subyektlari, ularning barchasi faoliyatini tartibga solib turuvchi R - regulyator kabi ushbu tuzilma tarkibiy qismlari fuqarolik huquqlari obyektlari (FHO) bilan bog’liq ijtimoiy-iqtisodiy-informatsion-huquqiy munosabatlarni amalga oshiradi.
Modelda (1.4.1-rasm) M, B, S, R elementlar orasidagi o'zaro bog’lanish chiziqlari ularni mulkiy munosabatlarda bo'lishini ko'rsatadi. Bunda mulkchilik tizimi undagi (1.4.1-rasm) barcha M, B, S, R elementlarning FHO bilan bog’liq ijtimoiy-iqtisodiy-informatsion-huquqiy munosabatlarni amalga oshirish faoliyati bilan harakatga keltiriladi.
Mulkchilik tizimining samaradorligi mulkdorlarning huquq va majburiyatlari, mas'uliyat va manfaatlarini samarali amalga oshirilishi uchun mulkiy munosabatlar uchun davlat tomonidan yaratilgan qulay shart-sharoitlar va mulkdorlik institutlari faolligi bilan belgilanadi. Bunda yaratilgan shart-sharoitlar sifatini risklar hamda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va boshqa omillarning kompleks ta'siri belgilaydi. Umuman olganda, bu shart-sharoitlar mulkdorning huquqiy xavfsizligi va mulkchilik tizimi modelining samaradorligi kabi xossalari birikmasidan iborat integral (kompleks) tushuncha bo'lib, FHOlarga va ular bilan bog’liq xizmatlarga bo'lgan talab va taklifni obyektiv shakllantirilishiga xizmat qiladi.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin