Bank hisobi va audit


-MAVZU.BANKLARARO HISOB-KITOBLAR



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/175
tarix22.12.2022
ölçüsü1,89 Mb.
#121664
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   175
Banklarda buxgalteriya hisobi [@iqtisodchi kutubxonasi]

8-MAVZU.BANKLARARO HISOB-KITOBLAR. 
REJA: 
1. Banklararo hisob-kitoblarning mazmuni va ularning rivojlanish tarixi. 
2. Banklararo hisob-kitoblarning tashkil etilishi, banklarning vakillik 
hisob varaqlari, banklararo hisob-kitoblarning elektron to’lov tizimi orqali 
yuritilishi
3. Bir bankka qarashli filiallar o‘rtasidagi hisob-kitoblarning tashkil 
etilishi. 
4. Turli banklarga qarashli banklararo hisob-kitoblarning mazmuni, 
yuritilishi va hisobi. 
 
Tayanch so‘z va iboralar: Avizo, yakuniy banklararo aylanmalar, 
boshlang‘ich banklararo aylanmalar, hisob-kitob markazi, kliring markazi, elektron 
to‘lovlar, elektron pochta, elektron to‘lovlar tizimi, bosh axborotlash markazi, 
initsiator bank, benifitsiar bank, tranzit hisobvaraqlar, traksaksiya, fayl, overdraft, 
elektron to‘lov hujjati, operatsiyalar kodi, bank kodi, unikal kod. 
 
1. Banklararo hisob-kitoblarning mazmuni va ularning rivojlanish tarixi. 
Hozirgi kunda respublikamizda juda ko‘plab filial va mini banklarga ega 
bo‘lgan keng tarmoqli 31 ta tijorat banklari Markaziy bank boshchiligida faoliyat 
ko‘rsatib kelmoqda. Bu tijorat banklarining har biri turli mulkchilik shakllariga 
tegishli bo‘lgan korxona, tashkilot, muassasalar hamda yuridik maqomga ega 
bo‘lmagan tadbirkorlar va barcha jismoniy shaxslarga xizmat ko‘satadi. Banklar 
tomonidan iqtisodiyotning turli tarmoqlariga tegishli bo‘lgan turli mulkchilik 
shakllaridagi korxona, tashkilot, muassasalar, tadbirkorlar, dehqon va fermer 
xo‘jaliklariga hamda aholiga xizmat ko‘rsatish jarayonida banklararo munosabatlar 
vujudga keladi.
Chunki, har doim ham bu xo‘jalik yurituvchi subyektlar bir bank mijozi
bo‘lavermaydilar. Banklararo munosabatlar banklararo hisob-kitoblar (aylanmalar) 
orqali olib boriladi. Banklararo aylanmalarning mazmuni shundan iboratki, bunda 
bir bank xizmatidan foydalanuvchi korxonaning hisobvarag‘idan boshqa bank 
xizmatidan foydalanuvchi korxonaning hisobvarag‘iga hujjatda ko‘rsatilgan 
summa buxgalteriya yozuvlari orqali o‘tkaziladi.
Demak, 
bir-birlari 
bilan hisob-kitoblarni 
yurituvchi korxonalarning 
hisobvaraqlari turli banklarda ochilganligi ikkita bank o‘rtasidagi hisob-kitoblarni 
yuzaga keltiradi. Agar o‘zaro aloqada bo‘lgan korxonalarning har ikkisi bitta bank 
xizmatidan foydalansalar, u holda banklararo aylanmalar vujudga kelmaydi. Unda 
pul o‘tkazish operatsiyalari bir bankning o‘zida amalga oshiriladi.
Operatsiyalarni boshlagan bankdagi aylanmalar boshlang‘ich bank 
aylanmalari deyiladi. Operatsiyalarni tugallagan bankdagi aylanmalar yakuniy 
aylanmalar deyiladi. Har bir boshlang‘ich aylanmaga yakuniy aylanma mos kelishi 
shart. Bu banklar o‘rtasida operatsiyalar yakunlanganini bildiradi. 


75 
Mustaqillik yillarida yangi bank tizimi barpo etilishi munosabati bilan 
banklararo hisob-kitoblarga ham o‘zgarishlar kiritildi, progressiv usullar izlab 
topildi, yangi dasturlar yaratildi va takomillashtirib borildi. 1995-yilda Markaziy 
bank tomonidan hisob-kitoblarni tezlashtirish maqsadida barcha hududiy markaziy 
bank boshqarmalari qoshida hisob-markazlari tashkil etish haqida qaror qabul 
qilindi. 90-yillarning boshlarida tashkil etilgan kliring markazlari tugatildi. Pochta 
orqali jo‘natiladigan ogohnomalar ham bekor qilindi. Yangi hisob-kitob tizimi 
“elektron pochta” to‘lov tizimi joriy etildi.
2002-yildan boshlab respublika bank tizimida yana katta o‘zgarishlar bo‘lib, 
banklararo hisob- kitoblar yagona vakillik hisobvarag‘i asosida tashkil etila 
boshlandi. Hududiy hisob-kitob Markazlarining faoliyati tugatilib, faqat Toshkent 
shahar Hisob-kitob Markazi faoliyati saqlab qolindi. Hozirgi kunda turli tipdagi 
banklar o‘rtasidagi banklararo hisob-kitoblar aynan Toshkent shahar Hisob-kitob 
Markazi orqali amalga oshiriladi. Bir tipdagi bankka tegishli bo‘lgan barcha 
operatsiyalar bosh bankning yagona vakillik hisobvarag‘i orqali o‘tkazila 
boshlandi. 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin