Bank hisobi va audit


Bir bankka qarashli filiallar o‘rtasidagi hisob-kitoblarning tashkil



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/175
tarix22.12.2022
ölçüsü1,89 Mb.
#121664
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   175
Banklarda buxgalteriya hisobi [@iqtisodchi kutubxonasi]

3. Bir bankka qarashli filiallar o‘rtasidagi hisob-kitoblarning tashkil 
etilishi. 
Hozirgi kunda respublikamizda 26 ta tijorat banki faoliyat yuritib kelmoqda. 
Bu banklar o‘z faoliyati hamda mijozlarning operatsiyalari yuzasidan boshqa 
banklar bilan munosabatda bo‘ladilar. Agar bir tipdagi banklar o‘rtasida 
operatsiyalar yuzaga kelsa, bu holda Bosh bankning ichida operatsiyalar 
yakunlanadi. Masalan, DAT “Asakabank”ning ikkita filialining miijozlari bir-
biriga pul o‘tkazishlari lozim bo‘lsa, bu operatsiyalar DAT “Asakabank”ning Bosh 
banki orqali o‘tkaziladi. Markaziy bankning Hisob-kitob markazi bu 
operatsiyalarda ishtirok etmaydi. Bir tipdagi bank filiallari o‘rtasidagi 
operatsiyalar debet hujjatlari bo‘yicha alohida, kredit hujjatlari bo‘yicha alohida 
buxgalteriya provodkalari orqali bajariladi. 
Eng avvalo, to‘lovchi korxona bankida mijozning hisobvarag‘idan pulni 
kamaytirish bo‘yicha buxgalteriya yozuvlari bajariladi. (Bunday buxgalteriya 
yozuvlarini avvalgi mavzuda o‘rgangansiz. Ushbu provodkani eslab ko‘ring). 
Faraz qilamiz, DAT “Asakabank”ning Yunusobod filiali to‘lovchi korxonaga 
xizmat ko‘rsatadi, mahsulot sotgan korxonaga esa DAT“Asakabank”ning Andijon 


77 
filiali xizmat ko‘rsatadi. DAT“Asakabank”ning Yunusobod filialidan elektron 
to‘lov Bosh bankka jo‘natiladi. Bosh bank elektron to‘lov haqidagi axborotni qabul 
qilib, Yunusobod filialining vakillik hisobvarag‘idan Andijon filialining vakillik 
hisobvarag‘iga mablag‘larni o‘tkazadi. Bu operatsiya quyidagi provodka orqali 
bajariladi: 
Debet 22204 DAT“Asakabank”ning Yunusobod filiali 
Kredit 22204 DAT“Asakabank”ning Andijon filiali
Shundan so‘ng, elektron to‘lov “Asakabank”ning Andijon filialiga o‘tkaziladi
4.Turli banklarga qarashli banklararo hisob-kitoblarning mazmuni, 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin