Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi


Bolalar psixodiagnostikasi a



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə6/62
tarix10.12.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#139541
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
Балалар психологиясы ОМК (2)

Bolalar psixodiagnostikasi amaliyotida faqat validli aniq va ishonchli metodlar qo’llanilishi shart, aks holda natijalaming ishonchsiziigi va noaniqligi hamda xulosa chiqarishda xatoliklar kelib chiqishi xavfi yuzaga chiqishi mumkin.
Qo'llanilayotgan metodlar sifatiga, uning yordamida olingan natijalarga, ya'ni unga ishonish mumkinligiga psixodiagnostik metoddan foydalangan shaxs mas'uldir. Ta'lim tizimidagi muassasalarda pedagog-psixologlar mas'ul shaxsdir. Bundan tashqari bolalar bilan psixodiagnostik tashxislar o‘tkazishda bir qator kasbiy ahlokiy tavsifga ega talablar qo‘yilgan. Bu asosiy kasbiy-axloqiy talablar quyidagilardir: Har qanday sharoitda ham psixologik tashxis natijalari bola shaxsiga ziyon etkazish maqsadida qollanmasligi shart. Psixologik tashxisni faqat bolalarning va ota-onalarning roziligi bilan o‘tkazish mumkin (faqat ayrim holatlar bundan istisno, ya'ni tibbiyot va huquqiy sohalarda). Go'daklik yoki balog‘at yoshigacha bunday qarorlarni ota-onalar bolalar ishtirokida qabul qilishi mumkin. Ota-onalar, (ota-onalik huquqidan mahrum qilinganlar bundan mustasno) mutaxassis psixolog psixodiagnostik tadqiqot natijalari asosida tayyorlagan xulosalarni bilishga haqlidir. Psixolog o‘z navbatida ota-onalarning farzandlari ruhiyati haqidagi savollariga to’liq, ishonchli va haqqoniy javob berishi shartdir. Psixologik tashxis natijalari, shaxs taraqqiyotiga ta'sir qiluvchi har xil omillarni hamda ota-onalarning, pedagoglarning fikrlarini inobatga olmasdan, bolaning ta'lim va tarbiyasiga taaluqli takliflarni hai qilishga asos bo’la olmaydi. Ta'lim tizimida ishlayotgan psixolog, psixologik tashxis ishlarini o ‘qituvchi va tarbiyachi bilan hamkorlikda olib borgan holda, ularni bola ruhiyati haqida zarur ma'lumotlar bilan ta'minlab borishi shart.
Psixodiagnostikada qo’llanilayotgan ko'pgina metodikalar yosh me’yorlari atamasi bilan bog’liq. Bu, birinchidan, ruhan va jismonan sog’lom hamda tasodifan tanlab olingan bolalar guruhida o'rganilayotgan xususiyatlarning o'rtacha taraqqiyot darajasi bilan bog’liq holda tavsiflanadi. Bolada yosh me’yorlari o’rganilayotgan xususiyatlar taraqqiyot darajasining og'ishi, o'tkazilgan tadqiqotdan olingan natijalar bilan aniqlanadi. Agar uning individual ko'rsatkichlari me’yordan yuqori bolsa, u holda bola o’z tengqurlaridan ilgarilab ketgan, buning aksi bois tengqurlaridan orqada qolgan degan xulosa chiqariladi. Ikkinchidan - bu o'z -o’zidan me'yorlami o’rganib turishdir. Ma'lumki, jamiyatning rivojlanib borishi bilan bolalardagi intellektual, shaxsiy va xulqiy taraqqiyotning o'rtacha ko’rsatkichi o’zgarib boradi. Bu, albatta, bundan o’n yil oldingi me'yorlardan hozirgi paytda foydalanish mumkin emasligini ko'rsalib beradi. Shuning uchun ham har bir metodikani har 3-5 yilda albatta qayta tekshirib ko’rish talab qilinadi. Uchinchidan, boladagi u yoki bu psixoiogik xususiyatlarning taraqqiyot darajasini baholash bilan uning kelajakdagi taraqqiyoti haqida xulosa chiqarib bo’lmaydi. Chunki bu nafaqat uning taraqqiyot darajasi bilan, balki boianing uquvchanlik qobilivati, yangi hayotiy tajribalarni o'zlashtira olishi, ta'lim sifati hamda ko'pgina boshqa omillar va sharoitlar bilan bog’liqdir. Bundan tashqari, har qanday psixodiagnostik metodikalarni qo’llash va xulosa chiqarish uchun, avvalo uni sinab ko’rish kerak.
Psixodiagnostik metodikalarni ishlab chiqish va sinab ko’rish bosqichlari quyidagilardir: Psixodiagnostika so’zi psixologiyada ikkita asosiy ahamiyat kasb etadi. Birinchisi ilmiy psixoiogik bilimlar va tadqiqotlar sohasi hisoblansa, ikkinchisi psixoiogik bilimlami amaliyotda qollay olish sohasidir. Ilmiy soha sifatida psixodiagnostika; tamoillar, har xil psixodiagnostik metodlarning ilmiyligini tekshirish muolajalarini va usullarini qamrab oladi. Amaliy soha sifatida psixodiagnostik metodlarni amaliyotda qo’llay olish ko’nikma va malakalarini psixolog-diagnostda shakllantirishga qaratilgan. Ilmiy va amaliy sohada ham odamning psixologik jarayonlari, xususiyat va holatlarini baholash haqida fikr yuritiiadi. Hozirgi zamon psixologiyasida juda ko’p psixodiagnostik metodlardan foydalaniladi, ammo ularning hammasi ham ilmiy asoslangan deb aytolmaymiz. Bundan tashqari, metodlar ichida tadqiqot va xususiy psixodiagnostik metodlar mavjud. Xususiy psixodiagnostik metodlar shunday metodlar sirasiga kiradiki, ular o'rganilayotgan psixoiogik xususiyatning aniq miqdoriy va sifatiy tavsiflarini ko'rsatip bera oladi, ya'ni muayyan bir xususiyatni baholash maqsadida qo'llaniladi. Yuqorida aytib o’tilgan maqsad uchun qo’llanilmaydigan metodlar, faqat psixologik jarayonlarni, insonning xususiyat va holatini o ’rganadigan metodlar tadqiqot metodlari deb yuritiladi. Ular asosan empirik va eksperimental ilmiy tadqiqotlarda qo'llaniladi. Ularning asosiy maqsadi - ishonchli bilimlar, faktlami olishdir. Psixodiagnostik va tadqiqot metodlari farqlarini ko'rsatib beruvchi ikkita misol) ko’rib o’tsak:
1-misol. Shaxsni psixodiagnostik tekshiruv metodi. Bu 16 faktorli R.Kettell testi. Mazkur standartlashtirilgan savolnoma o’ziga 187ta mulohazani qamrab oigan bo’lib, 16ta guruhga bo'lingan shkalalar mavjud. Har bir shkala yordamida shaxsning alohida bir belgisini baholash mumkin, bunda baholash standart ballarda beriladi. Ushbu testdagi mulohaza, ko’rsatma, qo'llashdagi muolajalar, natijalarni sharhlash va xulosalar – hamma voqea-hodisalarda bir xil qo'llaniladi va o’zgartirilmaydi.
2-misol. Shaxsni tadqiqot qilish metodlari. Masalan, odamni maxsus sharoitda kuzatish orqali, aniq bir xulqini órganish uchun mo’ljallangan eksperiment ishlab chiqilmoqda. Eksperimentni shunday to’zish mumkinki, tadqiqotchini qiziqtirayotgan shaxs xulqidagi ko’rinish, belgilarning har birini alohida o’rganish imkonini bersin. Sinovchi, sinaluvchilar xulqini kuzatish orqali shaxs belgilarining alohida xususiyatlari va unga mos xulq-atvor shakllari haqida xulosa chiqarish uchun ishlab chiqilgan eksperiment o’tkazadi. Bundan tashqari, bolaiar bilan o’tkaziladigan psixologik-pedagogik eksperiment, ulami maxsus eksperimental sharoitda kuzatish imkonini beruvchi izlanishlar ham tadqiqot metodi deb yuritiladi. Bu psixodiagnostik metodlar psixologiyaning turli sohalarida va har xil insonlar faoliyatida qo'llaniladi. Ilmiy psixologiyada bu metodlar asosan eksperimental izlanish va bu jarayonni tashkil qilishda, amaliy psixologiyada esa - psixologik maslahat, psixokorrektsiyada hamda psixologning kasbiy faoliyatidagi boshqa abhalarda, masalan, kasbga yo’naltiruvchi malakali mutaxassislar tayyorlashda qo’llaniladi. To'g'ri tashkil qilingan eksperimentda hamma vaqt ham sinaluvchining u yoki bu psixologik xususiyati taraqqiyot darajasini aniq baholash zarur, chunki o'tkazilgan eksperiment órganilayotgan xususiyatga ta'sirini ko'rsatdimi, yo’qmi, bilib olishimiz shart. Yuqorida aytib o'tilgan flkrlar psixologik maslahat va psixologik korrektsiya ishlariga ham taalluqlidir.



Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin