O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
TERMIZ TDPUninng PEDAGOGIKA INSTITUTI
MAKTABGACHA TA’LIM METODIKASI METODIKASI
KAFEDRASI
BOLALAR PSIXOLOGIYASI VA PSIXODIAGNOSTIKASI
FANINING
ISHCHI O‘QUV DASTURI
(2 kurs uchun 1-semestr kunduzgi ta`lim)
Bilim sohasi - 1000000- Gumanitar
Ta`lim sohasi - 110000 - Pedagogika
Ta`lim yo‘nalishi – 5111800- Maktabgacha ta`lim
|
Mashg’ulotlar
|
Ajratilgan soati
|
|
Ma'ruza
|
30
|
|
amaliy
|
30
|
|
Auditoriya soati
|
60
|
|
mustaqil ta’lim
|
30
|
|
Jami:
|
90
|
Termiz-2021
Fanning ishchi o‘quv dasturi o‘quv, ishchi o‘quv reja va OO‘MTVning 2018 yil
25 avgustdagi 744-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan fan dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.
Tuzuvchilar:
Qurbonova Y.DJ. – Termiz TDPU Pedagogika Instituti “Maktabgacha ta’lim metodikasi”
kafedrasi o`qituvchisi
Taqrizchilar:
Rajapova G.M. –Termiz TDPU Pedagogika Instituti “Maktabgacha ta’lim metodikasi”
kafedrasi o`qituvchisi
Fanning ishchi o‘quv dasturi “Maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasining 2021 yil____ ____dagi ___-son yig‘ilishida muhokamadan o‘tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri: ___________Mamatmo`minova M.G`.
Fanning ishchi o‘quv dasturi Pedagogika fakulteti kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan(2021 yil ____________dagi ___-sonli bayonnoma)
Kelishildi:
O‘quv uslubiy bo`lim boshlig‘i_________
Kirish
I. O’quv fanining dolzarbligi oliy kasbiy ta’limdagi o’rni
Bola psixik taraqqiyotining qonuniyatini o‘rganadi. Bu fan orqali bola ruhiy rivojlanishining ichki sabablariga yondashishning nazariyalari ko‘rib chiqiladi. Chaqaloqlik va go‘daklik davrining psixologik xususiyatlari ilk bolalik davrining psixik o‘sishi «Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi» fani orqali maktabgacha tarbiya muassasalaridagi bolalarning psixologik rivojlanishining taraqqiyotiga doir nazariy va amaliy bilimlar majmuasini berish imkonini beradi.
II. O’quv faniningmaqsadi va vazifalari
Faning o‘qitishdan maqsad- talabalarga bolalar psixologiya fanining predmeti, fanning shakllanish tarixi, maktabgacha yosh davrining muhim xususiyatlari, bilish jarayonlari, bolaning rivojlanishida faoliyatning o‘rni bo‘yicha dastlabki bilim va ko‘nikma va malakalarni berish imkoniyatini beradi.
Fanning vazifasi-talabalarga bola shaxsining psixologik jismoniy rivojlanishi borasida bilimlar majmuasini berish orqali shaxsga doir amaliy ko‘nikmalarni hosil qilishdir.
“Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
-bolalarni maktabga tayyorlashning psixologik asoslari, maktabgacha yosh davrining o‘ziga xos xususiyatlari, ilk bolalik, maktabgacha tarbiya yoshidagi, kichik maktab yoshidagi bolalar psixologiyasi, psixodiagnostik tekshiruv bosqichlari, Psixodiagnostikaning yoshga oid jihatlari, -Ta`lim-tarbiya jarayonida bola taraqqiyotiga ta`sir etuvchi omillar va bola taraqqiyotini psixodiagnostika qilishning o‘ziga xos tomonlari, Psixodiagnostik metod va metodikalar bilimiga;
-Talaba bolalar psixologiyasi va rivojlanish psixodiagnostikasi fanining predmeti, nazariy asoslari,Psixodiagnostik metodikalar va psixodiagnostik tekshiruvlarga qo‘yiladigan talablar, ya`ni validlik, ishonchlilik, to‘plam reprezentativligi, Bilish jarayonlari, intellekt, qobiliyatlar, shaxs, shaxslararo munosabatlar psixodiagnostikasiga oid metodikalar,
-bolalar guruhidagi shaxslararo munosabatlar psixodiagnostikasida qo‘llaniladigan proektiv metodikalar, bolalarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda ota-ona va tarbiyachilarga psixologik maslahat berishni ko‘nikma;
-Psixologik tashxis o‘tkazish, psixodiagnostik metodikalarni tanlash va ularni o‘tkazish;
-Bilish jarayonlari, intellekt, qobiliyat, shaxs, shaxslararo munosabatlar psixodiagnostikasi va proektiv metodikalarni qo`llash, Bolalarning ota-onalari va tarbiyachilar bilan psixologik maslahat ishlarini tashkillashtirish malakasiga ega bo`lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |