66
valyuta bozori faoliyatini yanada liberallashtirish va takomillashtirish;
pul-kredit siyosatining mavjud instrumentlarini takomillashtirish va yangi zamonaviy
bozor instrumentlarini joriy etish;
banklararo pul bozori faoliyatining shaffofligini oshirish va
rivojlantirish;
makroiqtisodiy prognozlash va tahlil qilish salohiyatini mustahkamlash;
pul-kredit siyosatining pirovard maqsadi va qo‘llaniladigan instrumentlar to‘g‘risida
keng jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida pul-kredit siyosatining aniqligi va
shaffofligini oshirish;
kommunikatsion siyosatni takomillashtirish;
Markaziy bankning institutsional bazasini rivojlantirish;
moliya
bozorini, shu jumladan, davlat qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish;
makroiqtisodiy siyosatni samarali muvofiqlashtirish;
iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida tarkibiy islohotlarni
muvaffaqiyatli amalga
oshirish. Umuman olganda, inflyatsion targetlashga o‘tish pul-kredit siyosatining barcha
asosiy yo‘nalishlarini tubdan qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirishni talab qiladi.
Ushbu konsepsiyada nazarda tutilgan tadbirlarning bosqichma-bosqich amalga
oshirilishi bozor mexanizmlari va instrumentlari
asosida pul-kredit siyosati
samaradorligini oshirish bo‘yicha strategik vazifalar bajarilishi uchun asos bo‘lib xizmat
qiladi.
Iqtisodiyotda narxlar barqarorligini ta’minlashda pul-kredit siyosati choralarining
yalpi talab va inflyatsiya darajasiga samarali ta’sir mexanizmining
mavjudligi xal
qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Inflyatsion targetlash rejimida Markaziy bank inflyatsiya
bo‘yicha qo‘yilgan maqsaddan kelib chiqib, foiz stavkalarini o‘zgartiradi va o‘rnatadi.
Iqtisodiyotda inflyatsion xatarlar kuchayganda, Markaziy bank an’anaviy
tarzda foiz
stavkalarini
oshirish
orqali
pul-kredit
qat’iylashtiradi. Ushbu choralarning
iqtisodiyotning real sektoriga ta’sir qilish darajasi va muddatlari pul-kredit siyosati
transmission mexanizmlarining samaradorligi bilan belgilanadi. Pul-kredit siyosatining
transmission mexanizmi o‘zida Markaziy bank foiz stavkalari o‘zgarishining
iqtisodiy
faollikka va pirovardida inflyatsiya darajasiga ta’sir o‘tkazish jarayonini aks ettiradi.
67
‘
2
Pul-kredit siyosatining iqtisodiyotga ta’siri alohida transmission kanallar orqali amalga
oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: