Ssuda -qarzga beriladigan pul ssuda deyiladi.
Substandart - bu aktivlar aniq ifodalangan kamchiliklarga ega bо‘lib, bu holat
dastlabki shartnomaga muvofiq qarz qaytarilishi shartlarining bajarilishiga shubha
uyg‘otadi. Substandart sifatida tasniflangan aktivlar bо‘yicha tijorat banklar qarzini
tо‘lanmagan summasi 25 foiziga teng bо‘lgan zahiralari ikkilantirishi lozim.
Substandart kreditlar- 2 tо‘lov davrida foiz yig‘indisi tо‘lanmagan kreditlardir.
Sug‘urtalash -bankning amalga oshirayotgan operatsiyalarida yuzaga kelishi mumkin
bо‘lgan risklarni ma’lum bir sug‘urta badali asosida sug‘urta kompaniyalari tomonidan
kо‘rilgan zararni qoplab berish shartnomasini tuzish.
Sо‘nggi usul - mamlakatning oltin valyuta rezervlarini ishlatish yо‘li bilan tо‘lov
balansi defitsitini qoplashga aytiladi.
Taklif foiz stavkalarining xar kanday darajasida investitsiyalarni kancha mikdorda
mablag‘ bera olishiga tayyor ekanligini kursatadi.
Talab deganda korxona va uy xujaliklarini turli baxo darajasida-foiz stavkasiga
karamay jami mablag‘ mikdorini karzga olishga rozi bulgan xolatni nazarda tutadi.
Tasdiqlangan kafolatlar - kafolatlarni tasdiqlash shaklida namoyon bо‘ladi. Masalan,
bank о‘z mijozi bо‘lgan importyorning tо‘lov majburiyatlari bо‘yicha kafolat bergan
bо‘lsa, eksportyorning banki ham ushbu kafolatlar bо‘yicha majburiyatni о‘z zimmasiga
oladi. Bu esa, mavjud kafolatlarni tasdiqlash yо‘li bilan amalga oshiriladi.
Tasnifiy baholash modeli- kreditni baholashning balli modeli (reyting uslubi) va
bankrotlikni bashorat qilish (MDA – Multiple Discriminate Analysis ga asoslangan
statistik baholash) modellariga asoslanadi.
Ta’lim kreditlari - tijorat banklari filiallari tomonidan oliy ta’lim muassasalarining
kunduzgi bо‘limlariga tо‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan О‘zbekiston Respublikasi
fuqorosi bо‘lgan talabalarning о‘qishi uchun talabalarning о‘zlariga, ularning ota-
onalariga yoki vasiylariga berilishi mumkin.