Buxgalteriya hisobi va audit



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə31/45
tarix23.12.2022
ölçüsü1,93 Mb.
#121722
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   45
аудит мустакил иш (4)

Kasbiy etika tushunchasi


Insonlarning mehnat faoliyatidagi o‗zaro odob-axloq munosabatlarini kasbiy etika tartibga soladi. Jamiyatning normal darajada ishlab turishi va uning rivojlanishi turli xil moddiy ne‘matlar va moddiy qadriyatlarning uzluksiz jarayonda yaratilishi sharoitida amalga oshirilishi mumkin. Ammo uning mavjudligi va rivojlanishi faqatgina huquqiy hamda iqtisodiy qonunlarga bog‗liq emas. Asosiy o‗rinni u yoki bu kasbiy faoliyat asosida quriladigan odob-axloq tamoyillari egallaydi.
Kasbiy etika – bu insonning o‗z kasbi oldidagi majburiyati aloqadorlini aniqlab beruvchi odob-axloq normalari yig‗indisi hisoblanadi.
Kasb bilan bog‗liq bo‗lgan odob-axloq har doim insonning boshqa shaxslar oldidagi yurish-turishi, o‗zini tutish erkinligini cheklanganligi bilan bog‗liqdir. U insonlarni u yoki bu kasbga tegishliligiga qarab birlashtiradi. Kasb bilan bog‗liq odob-axloqqa bo‗lgan talab faqatgina muayyan bir kasb egalariga tegishli bo‗lib, boshqa kasb egalariga daxl qilmaydi. Bundan tashqari, ushbu talablar u yoki bu kasb egalarining o‗ziga xos o‗zaro munosabati hamda o‗zaro aloqasi sababli barchaga ma‘lumdir.

Misol uchun


Yapon ish etikasining umumiy qoidalari: uchrashuvlarga faqatgina tashrif qog‗ozi bilan kelish, har doim o‗z kompaniyasi va o‗z takliflari haqida manbalarga ega bo‗lish, kiyinish madaniyatida va tashqi ko‗rinishda maxsus qoidalarga rioya qilish.
Kasbiy etika shuningdek, axloqiy o‗zini tutish bilan ham bevosita bog‗liq, lekin u har bir kasbning axloqiy xarakteristikasini ko‗rib chiqqan holda juda tor doirani o‗zida qamrab oladi. Kasb faqatgina normativ talablarga to‗g‗ri keluvchi saralash jarayoni kabi o‗rin egallaydi.
Kasbiy etikaning doirasiga quyidagilar kiradi:
 Kasbiy majburiyat va uni yanada yaxshi shakllantirishga qaratilgan, shuningdek, xodimning shaxsiy axloqiy sifatlarini o‗rnatish;  Kasb bilan bog‗liq tarbiyaning o‗ziga xos xususiyatlari.
Kasbiy etika mehnat jamoalarida mutaxassislarning o‗zaro munosabatini o‗rganadi, bundan tashqari, kasbiy jamoalarning munosabatini va ushbu kasb bilan bog‗liq odob axloqlilikning xususiyatlarini ko‗rib chiqadi.
Kasbiy etika jamoa a‘zolari o‗rtasidagi o‗zaro axloqiy munosabatlarni o‗rnatuvchi axloq kodekslari orqali ifodalanadi.
Shunday qilib, kasbiy etika - bu:

  1. O‗zining amalga oshiruvchi kasbiy faoliyati jihatidan maqbul deb hisoblanuvchi shaxslar o‗rtasidagi o‗zaro axloqiy munosabatlarni aks ettiruvchi axloq kodekslari hisoblanadi;

  2. U yoki bu kasbning ijtimoiy va madaniy gumanitar nuqtayi nazaridan mazkur kodekslarni tasdiqlash usullari hisoblanadi.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin