Chirchiq davlat pedagogika universiteti



Yüklə 267 Kb.
səhifə8/10
tarix18.12.2022
ölçüsü267 Kb.
#121346
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
KUMUSH PEDAGOGIKA

Darsni jihozlash: Mavzuga oid ko‘rgazma vositalari, namoyish qurilmalari, tarqatma va didaktik materiallar.
Darsda foydalanadigan metod (klaster).
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. Salomlashish, davomatni aniqlash, sinf tozaligiga e’tibor qaratish.
II. O‘quvchilarni dars mavzusi va borishi bilan tanishtirish.
O‘qituvchi o‘quvchilarga darsning mavzusi, maqsadi, tanlangan klaster metodi haqida tushuncha beradi.
III.Yangi mavzu bayoni: O‘qituvchi dastlab o‘quvchilarga “O‘simlik va hayvonot olami” mavzusi haqida ma’lumot berib, unda atrofimizni o‘rab turgan tabiat jonli va jonsiz tarkibiy qismlardan iborat. Tabiatning jonli tarkibiy qismiga o‘simliklar va hayvonlar kiradi. Ular tabiiy sharoitga bog‘liq holda juda xilma-xildir.Odamlarning va hayvonlarning hayotini o‘simliklarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. O‘simliklar havodan zaharli gazlarni yutib hamma uchun zarur bo‘lgan kislorod chiqaradi. Shu yo‘l bilan yashil o‘simliklar havo tarkibining doimiyligini saqlab turadi.O‘simlilar inson uchun oziq-ovqat, kiyim-kechak, yoqilg‘i, qurilish materiallari va boshqalarni beradi. Ammo o‘simliklarni ko‘p miqdorda yig‘ib olish va oqilona foydalanmaslik ko‘plab o‘simlik turlarining yo‘qolib ketishiga olib keladi.
Tabiatda hayvonlar katta ahamiyatga ega. Hayvonlar oziqlanish zanjirining asosiy tarkibiy qismi. Ular o‘simliklar bilan oziqlanib, o‘zlashtirgan moddalarni yana tuproqqa qaytaradi va o‘simliklarni o‘sishiga qulay sharoit yaratadi. O‘simlik va hayvonlarning qoldig‘i bilan oziqlanadigan hayvonlar Yer yuzini qoldiqlardan tozalaydi.Shu asnoda mavzuni “Ona tili” (3-sinf) darstligidagi Nurilla Ostonning “Manzara” she’rini fanlararo vertikal asosida bog‘laydi. Jumladan:
Manzara
Tilla bandli yaproqlar
Dov-daraxt-la xushlashar.
Bargi hazon fasli bu,
Kuz qish bilan duchlashar.
Yuklaridan bo‘shanib
Olgan cheksiz dalalar.
Quchog‘ida o‘ynaydi
Qirmiz yuzli olmalar.
Mazkur mavzularda tabiatshunoslikni o‘qitishda fanlararo asinxron (vertikal) bog‘lanish uzviyligi nazarda tutiladi.

Yüklə 267 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin