Kimyoviy tarkibi va qo‘llanilishi: O„simlik birinchi marta P.S.Massagetov tomonidan terilgan va tibbiyot uchun muhim bo„lgan alkaloidlarni o„z ichiga olganligi uchun tavsiya etilgan. 1934 yilda akademik Orexov va Proskurnina cherkez o„simligidan salsolidin va salsolin alkaloidlarini ajratib olishgan. O„simlikning yashil qismlarida ularning miqdori taxminan 0,3% ni tashkil etadi. Izoxinolin xossalari tuzilishi jihatidan ba’zi kaktuslarning alkaloidlariga o„xshash. Salsolidin va salsolin preparatlari bir qator klinikalarda gipertonziyani davolashda sinovdan o„tgan va juda samarali ekanligi isbotlangan. Salsolinni bitta dozasini (0,03 og„iz orqali yoki 0,01 g teri orqali) qabul qilish bilan qon bosimi simob ustunini 10-25 mm ga pasaygan. Qon bosimi pasayishi bilan 20-30 minut vaqt davomida bir vaqtni o„zida bemorlarni bosh og„rig„i, bosh aylanishi, ko„krak qafasinining qisishi, burundan qon ketish va boshqa bezovta qilayotgan belgilari yo„qoladi. Salsolin asab holatini yaxshilash, uyquni yuzaga keltiradi va ish qobiliyatini oshiradi. Xom ashyoni tayyorlash va uning sifati:O„simlikni yig„ish uchun eng qulay vaqt gullashning oxiri va mevalash davri sentyabr, oktyabr, noyabr oylarida yig„ish lozim. Gullar yoki mevalarni yig„ishda poya va novdalarini sindirmasdan yig„ish kerak. Bu esa o„simlikni zaxirasini saqlab qolish va toza xom ashyo olish imkonini beradi. Yig„ilgan xom ashyoni darhol quritish kerak. Hududning iqlim sharoitidan kelib chiqib, xom ashyo yig„ib olingan maydonda ochiq joyga yoyilib (ammo yomg„irli ob-havo sharoitida emas), to„shamalar ustida (zambil, sochiqlar) yoki toza qumlar ustida quritish mumkin. Qum ustida quritish juda tez kechadi va xom ashyo alkaloidlari to„liq saqlangan holda quriydi. Quritilgandan so„ng o„simlik silkitib olinadi, qum zarralaridan tozalab tashlanadi. Shuni yodda tutish kerakki, cherkez o„simligi o„sadigan joylarda ko„pincha boshha turlari uchraydi. Ulardan eng yaqini (Salsola paletzkiana) bu qora cherkez deb ataladi. O„simliklar tashqi tomondan bir-biriga juda o„xshash bo„lib, ularni quyidagi belgilaridan ajratish mumkun. Cherkezni (Salsolarichteri) barglari dag„al, Salsola paletzkiana ni barglari silliq, bu esa barglar lablarga tekkizilganda aniq bilinadi. Cherkezni yangi terilgan meva va barglari oq qog„oz yoki mato ustida ezilganida qo„ng„ir dog„ qoldiradi, Salsola paletzkiana esa tezda qorayib ketadi. Ikkala turning guli va mevasi ikkita gulyonbargga ega: cherkezning gulyonbarglari shoxsimon o„simtasiga ega emas, qora cherkezniki esa ular shoxsimon o„simtali. Cherkezning mevasi yuqori qismida tumtoq chetli qisqa kallaksimon grafin shaklida gul qoldig„iga ega. Mevaning xuddi shu qismi qora cherkezda 5 ta uchli bo„lakchalardan iborat. Cherkezning mevasi ostki qismida (novda yoki bargga birikkan joyi) ikkita do„ngchasi bor; qora cherkez mevalari ham shu do„ngchalar mavjud, ammo yirik shoxlarga (1 sm uzunlikda) ega. Cherkezning yosh novdalari, barglari va gullari bezli tukchalar bilan zich qoplangan, lekin qora cherkezda deyarli bo„lmaydi yoki o„simlikning barcha organlari silliq. Xom ashyo sifatiga qo„yiladigan asosiy talablar. Tayyor yaxshi qurigan xom ashyosi och pushti rangda, elpig„ichsimon joylashgan yupqa pardalar bilan o„ralgan, bir urug„li mevalardan iborat. Meva hidsiz, ta’mi achchiq-sho„r bo„lishi kerak. Xom ashyoning umumiy massasida ular yakka holda va ingichka novdalarda o„troq holda bo„lishi mumkin. Xom ashyoning namligi 10% dan oshmasligi kerak.