D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi


Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə136/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   163
Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar: nojo„ya ta’sirlari aniqlanmagan. Ammo qushqo„nmas preparatlarini shifokor bilan maslahalashib qabul qilish kerak. Homiladorlik paytida preparatlarini qabul qilish tavsiya etilmaydi. Davolash paytida achchiq va yog„li ovqatlardan hamda spirtli ichimliklardan voz kechish kerak.

Tog’qudusi - Betonica betoniciflora (Rupr. ex O.Fedtsch. &
B.Fedtsch.) Sennikov
(Буквица олиственная)
O‘simlik tavsifi:
Tog„qudusi - bu Lamiacaea oilasiga mansub 75-100 sm balandlikdagi ko„p yillik o„simlik. Ildizlari ingichka, poyalar to„rt qirrali, ostki qismida uzun tukchalar bilan qoplangan, ustki qismida
tukchalari tarqoq joylashgan. Barglari cho„zinchoq-
tuxumsimon, asosida qiyalangan, yumaloq-tishsimon, uzunligi 13-15 sm va eni 4-5 sm, yuqoridagi barglari maydaroq, cheti bo„ylab arrasimon, lansetsimon, eng yuqoridagi barglar butun, o„troq, pastki barglari qisqa bandlarda, to„mtoq uchli, tarqoq tuklangan, ostki qismida esa bog„lamlar ustida uzun tukli. Gullari o„troq, ular halqada 10-12 ta bo„lib joylashgan, uchki qismida boshoqsimon shaklidagi to„pgulni hosil qiladi. Halqalar bir- biriga yaqinlashgan, ba’zida faqat bitta yoki ikkita pastkilaridan turtib chiqib turadi. Gulyonbarglari lansetsimon, uzunligi 6-10 (17) mm, o„tkirlashgan, kosachadan qisqaroq yoki unga deyarli teng, tuklangan, ba’zan qizg„ish rangli. Kosachabarg yopishgan, kalta tukli, uzunligi 10­13 mm, 10 ta bog„lamli va ingichka-uchburchaksimon, dag„al tukli uchli tishchali, naychadan 2 marta qisqaroq. Gultojibarglari uzunligi 15­20 mm, to„q qizil yoki pushti-binafsha, tashqi tomondan tarqoq tuklangan yoki mayin tukli, uning naychasi kosachabargdan ancha chiqib turadi, bukilgan joy ikki labli, yuqori lablari biroz ichiga botgan, pastki qismidagiga teng, pastkilari - uch bo„lakli, o„rta bo„laklari keng tuxumsimon, yon bo„laklar teskari tuxumsimon, o„rtadagilardan biroz qisqaroq. Mevasi uch qirrali yong„oqcha bo„ylamasida egatchalari bor. Tog„ qudusi yer usti organlarining o„ziga xos xususiyatlari quyidagilar: epidermaning hujayra devorlarining egri-bugriligi, ba’zan shodasimon yo„g„onlashgan, og„izchalar ikki, kam hollarda uch yoki to„rtta yon og„izchali hujayralar bilan bo„lganligi, tuklari uch xil tipda (oddiy, halqali va boshchali), efir moyi bezlari 4, 6, 8, 10, ba’zan 12 ta ajratuvchi hujayradan iborat, kosachabarglarda sklerenxima tolalarining katta guruhi mavjud. Iyun-avgust oylarida gullaydi, avgust-sentyabr 183
oylarida mevalaydi. Tibbiyotda gullash davrida to„plangan o„simlikning



Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin