Tibbiyotda qo‘llanilishi: Kiyiko„tining o„ti ishtahani ochish, ovqat hazm qilishni yaxshilash, gipertoniya va siydik tosh kasalliklarini davolash uchun yaxshi vositadir. Shu maqsadda u choy va qaynatma shaklida iste’mol qilinadi. Unabi - Ziziphus jujuba Mill. (Зизифус настоящий) O'simlik tavsifi: Rhamnaceae oilasiga mansub balandligi 10 metrgacha bo„lgan daraxt. Yosh novdalari tuklar bilan qoplangan, qari novdalari silliq. Barglari bandli, cho„zinchoq- tuxumsimon, yuqorida biroz cho„zilgan, yonlari teng bo„lmagan, uch tomirli, chetlari kugurali-tishsimon, ustki qismida silliq, ostki tomirlarda tuklangan, silliq; bandlari tuklangan, uzunligi 310 mm. Gullari diametrida 3-4 mm. Gulbandlari 3-4 mm uzunlikda. Gulyonbargchalar pardasimon, mayda. Kosachabarglari tuxumsimon, uchki qismi o„tkirlashgan, uzunligi 2 mm. Gultojibarglari kosachabarglardan kaltaroq, asosida toraygan. Danak meva, sharsimon yoki cho„zinchoq, qizg„ish-to„q sariq rangli. Iyul-sentyabr oylarida gullaydi va mevalaydi. O'sish joyi va tarqalishi:Tog„larning o„rta mintaqalarida quruq qiyaliklarda uchraydi. Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida uchraydi. Mevali daraxt sifatida u bog„larda va tomorqalarda yetishtiriladi. Xom ashyoni yig'ish va uning sifati: Barglari va mevalari tibbiy maqsadlarda ishlatiladi. Xom ashyoni yig„ish paytida barglar yozning birinchi yarmida, mevalari pishishiga qarab yig„ib olinadi. Xom ashyoni havo aylanadigan ayvonlar ostida yoki maxsus moslashtirilgan quritgichlarda 40-50°C dan yuqori bo„lmagan haroratda quritiladi. Tayyor xom ashyoni ikki yilgacha saqlash mumkin. Kimyoviy tarkibi:Mevalari askorbin kislota, oqsillar, shakar, kislotalar, sterollar, kumarinlar, flavonoidlar (kempferol, miritsetin), triterpenlar va triterpen glikozidlariga (oleanolik kislota, ursolik kislota, betulin, betulin kislotasi, unabi saponinlari: 1, 2, 3, yuyubozid B) izoxinolin alkaloidlari (stefarin, azimiloban) boy. Urug„lari tarkibida quyidagilar mavjud: yuyubozid A, yuyubozid B, aglikon yuyubozid- yuyubogenin spinozid; shakar (glyukoza, arabinoza, ramnoza, ksiloza va boshqalar). Barglarida hisni sezdirmaydigan modda bor, u chaynash paytida shirin va achchiq ta’mni idrok qilishni vaqtincha falaj qiladi va natijada shirin ta’mni sezish qobiliyati bir muncha vaqt yo„qoladi. Po„stlog„ida taninlar, rutin, saponinlar uchraydi.