D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə36/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   163
Qadoqlash: Mato qoplarida yoki zig„ir-jut-kenaf qoplarida vazni 20 kg dan oshmasligi kerak. Bo„tako„z gullari 50 g dan II tipdagi qog„oz paketlariga qadoqlanib, ularni karton qutilarga joylashtiriladi. Yaroqlilik muddati 2 yil. Siydik haydovchi vosita hisoblanadi.
Kimyoviy tarkibi: Bo„tako„z gullari tarkibida sikoriin, sitaurin glikozidlari, gullarni ko„k rangga bo„yaydigan bo„yoqli moddalar (sianin), pelargonin xlorid, shilimshiq, taninlar va boshqa birikmalar mavjud. O„simlik o„ti tarkibida poliatsetilen aralashmalari (poliinlar), polienlar, va mevalarda alkaloidlar hamda 28% gacha yarim quritilgan yog„li moy mavjud.
Tibbiyotda qo’llanilishi: Bo„tako„z gullarining tarkibidagi anitsianlar tufayli ularning galenik preparatlari diuretik xususiyatlarga
ega. Bundan tashqari, bo„tako„z gullari yallig„lanishga qarshi, antimikrob va biroz o„t haydovchi xususiyatlarga ega. O„simlik tarkibidagi achchiqlik ovqat hazm qilish funksiyasini yaxshilaydi. Shuningdek, bo„tako„z gullari antispazmolik, ter chiqaruvchi, tonik va biriktiruvchi xususiyatlarga ega.
Gullarning damlamalari va qaynatmalari - buyrak va siydik yo„llarining surunkali yallig„lanish kasalliklari, buyraklar va yurak-qon tomir tizimi kasalliklari bilan bog„liq bo„lgan kompleks davolashda qo„llaniladi. Siydik haydovchi yig„malar sifatida - buyrak toshi, pielit, sistit, uretrit, nefroz kasalliklarda tavsiya etiladi. Bundan tashqari, bo„tako„z gullari kon’yunktivit, blefarit uchun, ko„rish apparati charchog„i kuchayganda, shuningdek, yallig„lanishga qarshi va dezinfeksiyalash vositasi sifatida ishlatiladi. Shuningdek, ularni jigar va o„t yo„llari, o„t sekretsiyasi buzilganda qo„llash mumkin. Oshqozon- ichak trakti kasalliklarida ishlatiladigan turli xil yig„malar tarkibiga kiradi. Xalq tabobatida damlamasi - yo„tal, ko„klyush, nefrit, bachadondan qon ketishi, oshqozon-ichak trakti kasalliklari, asab tizimi, tungi ko„rlik uchun ishlatiladi.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin