D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə44/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   163
Kimyoviy tarkibi: Dug„buy yer usti qismida 0,04-0,08% kodonopsin va kodonopsinin alkaloidlari, veratrik va sirka kislotalari, ko„p miqdorda flavonoidlar, D, C vitaminlari, A provitamini, 0,02­0,05% uchuvchan efir moyi, mineral tuzlar mavjud.
Tibbiyotda qo'llanilishi: O„simlikning yer usti qismidan tayyorlangan damlama xalq tabobatida gepatitda o„t haydovchi va siydik haydovchi vosita sifatida ishlatiladi. So„nggi yillarda O„zbekiston
Respublikasi tibbiyot amaliyotida dug„buy o„tlaridan foydalanish uchun rasmiy ruxsat olingan.
Qizil do’lana - Crataegus turkestanica Rojark.
(Боярышник туркестанский)
O’simlik tavsifi: Qizil do„lana - bu Rosaceae oilasiga mansub tikansiz yoki yupqa, qo„ltig„idan chiqqan 12­15 mm uzunlikdagi tikanli daraxt. Barglari uzunligi 10-30 mm va eni 7-30 mm, to„q-yashil, asosan, asosida keng ponasimon shaklida, pastki barglari qisqa novdalarda 3 bo„lakli, yuqori qismi asosan 5 bo„lakli, steril novdalar ustida 5-7 bo„lakli. To„pgul 12-15 guldan iborat. Kosachabarglari tor-
lansetsimon. Gultojibarglari
diametri 16-18 mm. Changchisi 18­20 ta. Mevalari keng ellipsimon, uzunligi 9-11 mm, 1 ta danakdan
iborat. Iyun oyida gullaydi,
sentyabrda mevalaydi.
O’sish joyi va
tarqalishi: U
toshli va mayin tuproqli qiyaliklarda, toshli to„kilmalarda, tog„ qoyalar
oralarida, gipsli gilli chiqish
joylari, daryolar va daryolar
qirg„oqlari bo„yida,
chakanda-jiydali va boshqa chakalakzorlarda, olcha-olmali, yong„oq va zarangli o„rmonlarda, kamroq archa o„rmonlarida, butuzorlar orasida o„sadi (ayniqsa tog„ tizmasining pastki qismida), karkaslarda, ba’zida yakka daraxtlar bo„lib o„tsimon o„simliklar jamoalari orasida, qoldiq tog„chalar va tog„ oldi hududidan o„rta tog„ mintaqasigacha qadar uchraydi. Qizilqum (Janubiy, qoldiq tog„lar), Tiyon-Shon (G„arbiy), Pomir-Oloy (tizmalari, Turkiston, Nurota, Zarafshon, Samarqand tog„lari, Hisorning janubi-g„arbiy tizmalari, Karategin, Vaxsh, Petr Birmchi, Darvazda tarqalgan, G„arbiy Pomir: Vanch daryosi; Janubiy Tojikistonning past tog„lari: Sarsaryak, Surx, Rengentau Babatag, Kugitang tizmalari), Kopet-Dog„.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin