Tarkibi, foydali xususiyatlari va qo'llanilishi: Qimmatbaho birikmalarning tarkibi qizil do„lana tarkibiga o„xshash bo„lib, xuddi uning davo xususiyatlari va retseptlari kabi Turkiston do„lanasidan foydalanish mumkin. Oqquray - Cullen drupaceum (Bunge) C.H.Stirt. (Псоралея костянковая) O'simlik tavsifi: Oqquray Fabaceae oilasiga mansub ko„p yillik o„simlik. Ildizi tuproqqa 2-4 m chuqurlikka boradi, yog„ochlashgan, kuchli, ba’zida ko„p boshli, och jigarrang, sinish joylarida sariq rangda. Poyasi tik turuvchi, ko„p sonli, balandligi 40 dan 130 sm gacha, oddiy va bezli tukchalar bilan zich qoplangan. Barglari murakkab uch bo„lakli, ba’zan oddiy va ikki bargchali, uchki va bitta yon barglardan iborat. Bargning plastinkasi yumaloq, zich tuklangan, ikkala tomondan yirik bezchalar bilan qoplangan, chetlari bo„ylab yirik o’yiqli, asosida butun. Gullari yakka qo„ltiqdan chiquvchi, ko„p gulli, boshoqsimon shingilda joylashgan, ularning uzunligi gullash boshida 38 sm, gullash oxirida 10-17 sm. Meva zich mayin tukli, buyrak shaklida, chatnamaydigan bitta urug„li dukkak, uzunligi 4-9 mm, kengligi 2,5-3,5 mm, juda qisqa bandda. Maydan iyulgacha gullaydi; mevalari iyundan sentyabrgacha yetiladi. Tibbiyotda o„simlikni mevasi (dukkagi) ishlatiladi.
asosan tekisliklar va tog„ etaklarining lyoss
O’sish joyiva tarqalishi:Oqquray O„rta Osiyoda keng tarqalgan. U turli xil sharoitlarda o „ sadi, tuproqlarida o„sadi, bu yerda ba’zan deyarli zich o„sish maydonlarini hosil qiladi. Dengiz sathidan 200 dan 1500 m gacha balandlikda tarqalgan. U tashlandiq yerlarda va lalmi ekin maydonlarida begona o„t sifatida, sug„oriladigan yerlarda, shuningdek, unumdorligi past qumlarda, past bo„yli butalar orasida, quduqlar yaqinida, yengil qumli unumdorligi pasaygan yaylovlarda va boshqalarda uchraydi.