D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə53/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   163
Kimyoviy tarkibi: Mevalar tarkibida 40% dan ortiq shakar, shu jumladan, glyukoza (taxminan 20%) va fruktoza (10% dan ortiq), oqsil, fosfor va kaliy tuzlari, 40% gacha bog„langan va erkin taninlar, bo„yoqlar, organik kislotalar mavjud. Po„stlog„i tarkibida taninlar, bo„yoqlar va alkaloidlar; barglarda askorbin kislotasi (0,1-0,3%) mavjud. jiyda daraxtining novdalari va tanasida ma’lum darajada kamed mavjud bo„lib, o„simlik 5-12 yoshida kuchli ajralib chiqadi. Gulo„rni tarkibida ko„plab mikroelementlar - mis, rux, xrom, alyuminiy, nikel; novdalarida - efir moyi (0,3%) mavjud.
Farmakologik xususiyatlari: Jiyda preparatlari kam toksik hisoblanadi, xolinolitik ta’sirga ega, shuningdek, nafas olish tizimiga va yurak faoliyatiga ijobiy ta’sir ko„rsatadi va qon bosimini pasaytiradi. Ichaklarni, oshqozon, oshqozon osti bezi, buyrak va yurak kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Jiyda mevalari tinchlantiruvchi ta’sirga ega, uxlatuvchi vositalarining ta’sirini kuchaytiradi, mo„ljal olish reaksiyalarini bostiradi, g„azablanish va tajovuzkorlikni rivojlanishiga yo„l qo„ymaydi. Mevadan kolloid va taninlaming konsentrati - pshatin olingan. Pshatin enterokolit va boshqa ovqat hazm qilish kasalliklari uchun biriktiruvchi vosita sifatida ishlatiladi. Bemorlar preparatni ichga qabul qilganda ovqat hazm qilish tizimining funksiyalari va umumiy holati yaxshilanadi; og„iz bo„shlig„ining yallig„lanish kasalliklarida og„iz chayiladi. Xuddi shu maqsadda xalq tabobatida meva damlamasidan foydalaniladi.
Ishlatilishi: O„simlikning yangi barglari bod kasalligi, podagra, radikulit uchun ishlatiladi, yallig„lanishni yaxshilash va tezda bitishi uchun yiringli va bitmaydigan yaralarga surtiladi, bog„lam har kuni yangilanadi. Mayda ezilgan jiyda mevalari va zupturum barglari bavosil uchun yaxshi vosita hisoblanadi. Po„stlog„ining damlamasi qon ketishini to„xtatish uchun foydali. Yangi sharbati bezgak va gipertenziya uchun samarali hisoblanadi.
Jiyda mevalarining kaynatmasi: 1 stakan qaynoq suv 30 g mevalarga quyiladi, suv hammomida yopiq sirlangan idishda 30 daqiqa davomida qaynatiladi. Keyin qaynatma bir necha doka orqali issig„ida suziladi, siqib olinadi va birlamchi hajmiga keltiriladi. 2 osh qoshiqdan ovqatdan oldin kuniga 3-4 marta iliq holda iste’mol qilinadi. Qaynatma muzlatgichda 2 kungacha saqlanadi. Qaynatma nafas olish yo„llari kasalliklari, shamollash va kuchli isitma, yo„g„on ichak va oshqozonning yallig„lanish kasalliklari, enterokolit, diareya, ichak katari, oshqozon kasalliklarida samarali hisoblanadi, og„izdagi yallig„lanish jarayonlarida qaynatma bilan og„izni chayish foydalidir. Gullarning damlamasi. 1 stakan qaynoq suv 6 gramm gullar va barglar ustiga solinadi, suv hammomida 15 daqiqa damlanadi, suzgichdan o„tkaziladi, siqib olinadi, so„ng birlamchi hajmiga keltiriladi. Ovqatdan oldin kuniga 3 marta stakanning uchdan bir qismi ichiladi. Jiyda damlamasi gipertoniya, yuqori nafas yo„llari kasalliklari, isitma tushiruvchi vosita va yurak mushaklari faoliyatini kuchaytirishda, shishishlar, singa, kolit kasalliklarida, antigelmint vosita sifatida ishlatiladi. Ozuqa sifatida iste’mol qilinishi. Mevalari yangi uzilgan holatda ham, maydalangan holatda ham sho„rvalar, non, pryaniklar va boshqa taomlarga qo„shib ishlatiladi. Turli xil mevalar bilan birgalikda ular kompotlar tayyorlash uchun ishlatiladi. O„ziga xos o„tkir xushbo„y hidli vino tayyorlanadi. Dekorativ va boshqa maqsadlarda foydalanish. Jiyda butalash, ko„chirib o„tkazish, havoning ifloslanishiga oson moslashadi, kumushrang barglari, xushbo„y gullari, yorqin po„stlog„i parklar va bog„lar uchun juda qimmatli va o„ziga xos o„simlik sifatida xizmat qiladi. To„q yashil fonda juda dekorativ ko„rinishga ega. Jonli devorlar tarzida ham foydalansa bo„ladi, lekin muntazam ravishda
butalanishi kerak, aks holda u tez daraxtga aylanadi, kesish ishlari yozning boshida va oxirida amalga oshiriladi. U to„g„onlar, daryolar va kanallar qirg„oqlarini mustahkamlaydigan, dala himoya ixotalari uchun ekin sifatida ishlatiladi. Jiyda erta asal-shirali o„simlik, asosan nektar ishlab chiqaradi. Asal unumdorligi 200 kg/ga gacha. Asali sariq-jigar rangda, o„ziga xos ta’mi va hidiga ega. Qobiq va barglari terini bo„yash va oshlashda ishlatiladi. Yog„ochi yuqori yopishqoqligi, zichligi, suvga yaxshi chidamliligi bilan ajralib turadi, undan musiqa asboblari va mebel ishlab chiqarish uchun foydaniladi. Kamedi bo„yoq, yelim va laklar tayyorlash uchun ishlatiladi. Undan tabletkalar ishlab chiqarishda emulgator va bog„lovchi modda sifatida foydaniladi.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin