Zira - Elwendia persica (Boiss.) Pimenov & Kljuykov
(Элвендиа персидская) O'simlikni tavsifi: Zira - Apiaceae oilasiga kiruvchi ko„p yillik o„simlik, balandigi 70 sm. Poyasi chiziq-chiziqli, to„g„ri, poyaning o„rtasidan qalqonsimon shoxlangan, novdalari egilgan. Ildizbo„g„zi barglari uzun bandli, barglari uch bo„lakli, tarvaqaylagan, ikki karra patsimon bo„lingan; poya barglari o„troq, barg bandi qisqa, ikki karra patsimon bo„lingan. Soyabonlari 15-20 nurli, eni 15 sm, o„rama barglari mavjud emas. Soyabonchalari 20-30 gulli. Soyabondagi gullari meva beruvchi. Mevalari chiziqsimon, uzunligi 5 mm gacha, eni 1,5 mm, yupqa meva bandlaridan qisqaroq, yarim mevachalar pishish davrida bir biridan ajraladi, ko„ndalang kesimida besh qirrali, qirralari ipsimon. Ajratma kanallari o„rtacha, qirralar orasida bittadan joylashgan. Urug„lari ichkariga biroz botiqsimon. May-iyun oylarida gullab, iyul-avgust oylarida mevalaydi. O’sish joyi. Tarqalishi:Respublika hududida zira dengiz sathidan 700-2000 m balandlikda, G„arbiy Tiyonshon va Pomir-Oloy tog„ tizmalari adir va tog„ mintaqalarining lyoss tuproqlarida uchraydi. Xo’jalik ahamiyati: Ziraning mevalari 250 dan ortiq taomlarda ishlatiladi. Bundan tashqari, kolbasa, qazi, go„sht tayyorlashda va baliqlarni konservalashda, sabzavotlarni tuzlashda va go„shtni buzilishdan saqlash uchun qo„llaniladi. Mahalliy aholi maydalangan mevalaridan quritilgan meva qoqlarini ichiga solib, hashoratlar lichinkalarini yeyishdan saqlash uchun foydalanadi. Xalq tabobatida zira mevalari siydik haydovchi sifatida qo„llaniladi. Abu Ali Ibn Sino zira mevalaridan taloqdagi o„simtalarini davolashda va urug„larining damlamasidan qonni to„xtatishda foydalangan. So„nggi paytlarda zira oziq-ovqat sanoatida va pazandachilikda keng qo„llanilmoqda, unga bo„lgan talab yildan yilga ortib bormoqda. Shu sababli, mavjud bo„lgan tabiiy zira maydonlaridan foydalanish, o„simliklarning biologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ularni himoya qilish choralarini ishlab chiqish kerak.