D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi


Xom ashyoni yig’ish va uning sifati



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə57/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   163
Xom ashyoni yig’ish va uning sifati: Zog„oza xom ashyosi erta bahorda aprel oyida yig„ib olinadi. Yashil novdalari o„roqlar yoki bog„ qaychilari bilan kesib olinadi. Yig„ib olingan novdalar quruq shag„al ustiga 80-100 sm kenglik va 1-1,5 m balandlikgacha (ixtiyoriy uzunlikda) g„aram qilib joylashtiriladi. Bunday g„aramlarda qattiqligi va zichlanmaganligi uchun ho„l novdalar tez quriydi. May oyining o„rtalarida zog„oza yangi novdalari jadal o„sishi boshlanganda, hosil yig„ish to„xtatiladi. Quritilgan xom ashyo qoplarga solinib, qayta ishlash zavodlariga yuboriladi. Iyul oyi boshlarida yosh novdalar o„sishdan to„xtab, egiluvchan bo„lganda, qayta xom ashyo yig„ish boshlanadi va kech kuzgacha davom etadi (sentyabr oxiri oktyabr boshigacha). Yig„im paytida butaning barcha yashil novdalari kesilmasligi, ma’lum bir qismini assimilyasiya qilishi uchun qoldirish zarur. Mavjud talablarga ko„ra, zog„ozaning tayyor xom ashyosi uzunligi 25 sm gacha, yo„g„onligi 3 mm gacha bo„lgan, butun yoki qisman maydalangan yog„ochlanmagan novdaning yuqori qismini tashkil etadi yoki bo„g„im oraliqlari 2 sm, diametri 1,2-2 mm bo„lgan o„tsimon bo„g„imli shoxlardan iborat. Hidsiz, ta’mi aniqlanmagan, chunki xom ashyo zaharli hisoblanadi. Raqamli ko„rsatkichlar: quruq xom ashyo miqdorida nisbatan alkaloidlar 1,6% dan kam bo„lmasligi; namlik miqdori 12% dan; umumiy kul miqdori 7% dan; yog„ochlashgan qismi 10% dan; organik birikmalar (boshqa o„simliklar qismlari) 1% dan; mineral birikmalar (qum, tuproq, toshchalar) - 0,5% dan ko„p bo„lmasligi kerak. Xom ashyo sof og„irligi 30 kg gacha bo„lgan qoplarga yoki 50 kg gacha bo„lgan toylarga joylanadi. Boshqa dorivor xom ashyolardan alohida quruq, havo yaxshi aylanadigan joylarda saqlanadi. Zog„azani qadoqlash va yuklash jarayonida shilliq pardalarni zaharlanishi va qichimasligi uchun dokadan bog„ich va himoya ko„zoynaklardan foydalanish zarur, ishdan so„ng qo„lni sovun bilan yuvish kerak. Zog„oza xom ashyosidan farmakologik xususiyatlari bo„yicha adrenalinga yaqin bo„lgan efedrin olinadi.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin