D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi


Xom ashyoni yig’ish va uning sifati



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə50/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   163
Xom ashyoni yig’ish va uning sifati: Asosan bangidevonaning barglari gullash bosqichi boshlanishidan to meva hosil bo„lgan vaqtgacha, ya’ni kech kuzgacha, o„simlikning vegetatsiya davrida 3-4 marta yig„ib olinadi. Bu o„simlikning xom ashyosini yig„ishda muayyan ehtiyot choralari talab qilinadi. Masalan, bu o„simlikni qo„llar bilan ushlash mumkin emas va xom ashyoni yig„ishda qo„lqoplardan foydalanish zarur. Yig„ilgan xom ashyoni uyda va ayniqsa pechlarda quritish mumkin emas.
Farmakologik xususiyatlari va tibbiyotda qo'llanilishi: Bangidevona davolovchi ta’siri giossiamin va boshqa alkaloidlarning xolinolitik, og„riq qoldiruvchi faoliyatiga bog„liq. Bangidevona barglariga asoslangan preparatlar tutqanoqli yo„talda va bronxlar mushaklarining spazmlarini yumshatish uchun samarali ta’sirga ega.
An’anaviy tibbiyotda qo'llanilishi: Bangidevona azaldan zaharli va dorivor o„simlik sifatida tanilgan. O„rta asrlarda Yevropada bangidevona barglari og„riq qoldiruvchi vosita sifatida ishlatilgan. Dunyoning ko„plab mamlakatlarida xalq tabobatida u ruhiy va asab kasalliklari, surunkali va o„tkir bod, nevralgiya, shuningdek, nafas qisilishi uchun ishlatilgan.
Ogohlantirish! Bangidevona zaharli o„simlik bo„lib, undan foydalanish alohida e’tibor talab qiladi.
Isfarak - Delphinium semibarbatum Bien. ex Boiss.
Живокость полубородатая
O'simlik tavsifi: Ranunculaceae oilasiga mansub ko„p yillik ildizpoyali o„simlik, poyasining asosida zich joylashgan zangsimon-qo„ng„irrang barg qinlariga ega. Poyasi bargsiz, kuchli, balandligi 40-100 sm va qalinligi 8-20 mm, deyarli zichroq mayda so„galli tukchalar bilan qoplangan, ba’zan deyarli silliq, pastki qismida yalpoqlashgan, qizg„ish, yuqori yarmida, to„pgul qismida, ko„p shoxlangan, katta piramidasimon to„pgulni hosil qilgan novdalari 450 burchak ostida chiqadi. Barcha barglar ildizbo„g„zidan chiqqan, yirik, kalta yalpoqlashgan, odatda so„galli bandchala



rda, 2-3

baravar
barg yaprog„idan kalta, yaproqning uzunligi 18­50 sm va eni 20-60 sm, dumaloq-
buyraksimon, chetlari bo„ylab biroz
to„lqinsimon, buyraksimon asosi bilan,
ostki qismida uchta asosiy ajralib turuvchi tomirlari bor, ikki tomoni yoki faqat
chekkasi va ostki qismida tomirlar bo„ylab juda zich mayda sugallar bilan qoplangan.
Gullari tutam bo„lib uzun gulbandlarda joylashgan, pastki uchdan bir qismida yoki o„rtasida birikadi. Gulqo„rg„on barglari deyarli bir xil, uzunligi 3 mm va eni 1 mm, yashil rangga ega. Mevalar yirik, keng ovalsimon, uzunligi 15-20 mm va eni 10-15 mm, tuxumsimon burushgan, binafsha-jigarrang yong„oqchaga ega; qanotlarini kengligi yong„oqchaga teng yoki biroz toraygan, binafsha-qizil, asosida va yuqorida yuraksimon, uyilgan, o„tkazuvchi bog„lami chetidan 0,5-1 mm masofada o„tadi. May-iyul oylarida gullaydi va mevalaydi.
O’sish joyi.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin