D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə4/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163
Raqamli ko'rsatkichlari: Namlik 13% dan, umumiy kul 15% dan, 10% xlorid kislotasida erimaydigan kul miqdori 3% dan, diametri teshiklari 1 mm bo„lgan elakdan o„tgan maydalangan qismlari 3% dan, 3 mm dan qalin poyalari 3% dan, organik aralashmalar (boshqa zaharli bo„lmagan o„simlik qoldiqlari) 0,5% dan, mineral aralashmalar (tuproq, qum, toshchalar) 1% dan oshmasligi kerak. Xom ashyo ayvonlar ostida yoki 500S haroratda quritgichlarda quritiladi. Tayyor xom ashyo 50 kg hajmdagi qoplarga qadoqlanadi. Quruq va salqin joylarda havo yaxshi aylanadigan tokchalarda saqlanadi. Yaroqlilik muddati 2 yil. XI DF talablariga binoan «Bo„ymodaron gullari» xom ashyosi: qalqoncha to„pgullarni bandi bilan uzunligi 4 sm gacha bo„lgan bo„laklari (gul savatchalarining asosidan hisoblaganda) va cho„zinchoq-tuxumsimon shakldagi uzunligi 3-5 mm, eni 1,5-3 mm bo„lgan alohida gul savatchalaridan iborat.
Kimyoviy tarkibi: Bo„ymodaron barglari va gullari tarkibida azulenlar, murakkab efirlar, kamfora, tuyol, sineol, kariofillen, chumoli, sirka va izovalerian kislotalarini o„z ichiga olgan efir moyi kiradi. O„simlik tarkibida taninlar, qatronlar, achchiqliklar, vitaminlar, alkaloidga o„xshash axillien va boshqa moddalari mavjud.
Tibbiyotda qo’llanilishi: Bo„ymodaron o„ti yallig„lanishga qarshi va bakteritsid ta’sirga ega. Ular oshqozon-ichak traktining turli kasalliklari, oshqozon yarasi va gastrit uchun damlama va qaynatma shaklida qo„llaniladi. Bu oshqozon va ishtaha ochuvchi choylarning tarkibiga kiradi. Bo„ymodaronning qichitqio„t o„simligi bilan birga preparati ichki va tashqi qon ketishida qon to„xtatuvchi va tinchlantiruvchi vosita sifatida buyuriladi.
Igir- Acorus calamus L.
(Аир обыкновенный)
O'simlik tavsifi: Igir - bu Acoraceae oilasiga mansub ko„p yillik o„t, balandligi 60­120 sm ga yetadi, gorizontal, egri-bugri ildizpoyali,
(uzunligi 1,5 m gacha va qalinligi 3 sm gacha) ko„p sonli oq chilvirsimon
qo„shimcha ildizlarga ega. Ildizpoya barg qinining qoldiqlari bilan qoplangan, sarg„ish-yashil, deyarli
qo„ng„irrang, ichki qismi pushti tusli oq rangga ega. Barglari ketma-ket joylashgan, ikki qatorli, yorqin yashil rangda, ildizpoyaning shoxlangan asosida tutam bo„lib joylashgan. Barglar va ayniqsa ildizpoyalar kuchli yoqimli hidga ega. To„pgul etdor, uchki, silindrsimon-konusli, yon tomonga burilgan so„tasi 4-12 sm uzunlikda. Gullari mayda, yashil-sarg„ish, ikki jinsli. Mevasi - cho„zinchoq, ko„p urug„li rezavor meva. Juda kamdan-kam gullaydi, may oyining oxiridan iyul oyigacha. Tibbiyotda ig„iming ilidzpoyalari qo„llaniladi.
O’sish joyiva tarqalishi: O„zbekistonda igir invaziv tur bo„lib, Samarqand viloyati hududida, Zarafshon
daryosining o’zanlarida
uchraydi. Igir bu qirg„oq-suvli o„simlik. U turg„un va asta-sekin oqayotgan suvlardagi balchiqli va allyuvial tuproqlarda, daryolar, anhorlar, ko„llar, havzalarning qiyalama
qirg„oqlarida, botqoqli joylarda o„sadi. Daryolar va suv havzalaridagi suv sathining yoki tuproq namligining o„zgarishi ig„ir chakalaklarining tez yo„qolishiga olib keladi. Atrof muhitning gidrologik rejimining o„zgarishiga bunday ta’sirchanligi sababli ig„ir odatda suv havzalari bo„ylab 5-7 m kengligida lentaga o„xshash chakalaklarni hosil qiladi Uning sof chakalaklarining maydoni bir necha o„nlab kvadrat metrdan oshmaydi.
Hozirgi vaqtda ig„ir sof chakalaklari kam uchraydi, chunki bu o„simlik
xom ashyosi
yig„iladigan ob’ekt hisoblanadi.
Bunday xom
ashyosining yig„ilishi oqibatida sof chakalaklar o„rniga aralash chakalaklar hosil bo„ladi, keyinchalik ig„ir qamish va boshqa o„simliklar tomonidan siqib chiqariladi.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin