D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi


Undoshlarning fonologik nomuhim belgilari



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/88
tarix18.11.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#132945
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   88
2.10. ozbek tili fonetikasi

Undoshlarning fonologik nomuhim belgilari 
Undoshlar yuqorida ko‘rsatilgan fonologik muhim belgilar bilan bir qatorda
nutq jarayonida qo‘shimcha, fonologik nomuhim belgilarga ham ega bo‘ladi. Ana 
shunday belgilar sifatida undoshlarning miqdoriy belgisini (cho‘ziqlik-qisqalik), 
sifatiy belgisini (qattiqlik-yumshoqlik, nazallik-nazal emaslik) ko‘rish mumkin. 
Cho‘ziqlik - qisqalik belgisi 
Hozirgi o‘zbek tilida bir xil sharoitda undoshlarning cho‘ziq va qisqa turlari 
o‘zaro o‘rin almashib, ma’noga ta’sir qilmasligi mumkin. Masalan, 
maza-mazza, 
shaboda-shabboda, juda-judda, iki (iki so‘m)-ikki, tepasida-teppasida, isimoq-
issimoq
kabi. 
Shu bilan birga ikki undoshning assimilyatsiya natijasida bir xil bo‘lib 
qolishidan hosil bo‘ladigan ikkilamchi cho‘ziqliklar ham borki, bunday 
undoshlarning cho‘ziqlik belgisi differensial belgi bo‘lishi mumkin. Masalan, tepa 
«baland» 
- teppa 
«yasama».
Cho‘ziq undoshlar geminatalar nomi bilan yuritiladi va u qisqa undoshga 
qarama-qarshi qo‘yiladi. Geminatalar turkiy tillarda keyingi hodisa bo‘lib, ikki yo‘l 
bilan hosil bo‘ladi: 1) oldingi qisqa undoshning ikkilanishi, cho‘zilishi natijasida; 2) 
sintagmatik munosabatga kirisha-yotgan morfema yoki so‘zlar oralig‘idagi yonma-
yon kelgan ikki xil undoshning o‘zaro assimilyativ yoki dissimilyativ ta’siri 
natijasida (masalan, 
siz+ni – sizzi – sizi

Prof. A.G‘ulomov ham o‘zbek tilida geminatalar dastlab ma’noni kuchaytirish, 
ekspressivlikni ta’minlash uchun kelib chiqqanligini, keyinchalik esa bunday 
ma’nodan uzoq bo‘lgan boshqa so‘zlarga ham tarqalganini bayon qiladi.
1
Prof. F.Abdullaev esa birinchi ochiq bo‘g‘in unlisini saqlab qolish tendensiyasi 
natijasida bo‘g‘inni yopishga urinish qonuniyatidan kelib chiqqan bo‘lishi kerak, deb 
taxmin qiladi.
2
Shuni ta’kidlash kerakki, etimologik qisqa undoshning cho‘ziq undoshga 
aylanishi (ikkilanishi) ko‘proq belgi bildiruvchi so‘zlarda uchraydi. Bu esa 
cho‘ziqlikning, darhaqiqat, belgini tagida yetarli asos borligidan dalolat beradi. 
Keyinchalik bu hodisa narsalarni va boshqa ma’nolarni bildiruvchi so‘zlarga ham 
o‘tgan va aylangan. Masalan, 
eshak-eshshak, boshingni yegur-boshshingni yegur, 
maza qilmoq-mazza qilmoq
va boshq. 
Shunday qilib, turkiy tillarda etimologik qisqa undosh (yakka undosh) ning 
cho‘ziq undoshga (geminataga) aylanishi nisbatan keyingi hodisa bo‘lib, ma’noni 
kuchaytirish, ta’kidlash, birinchi bo‘g‘inning fonetik tuzilishini saqlab qolish 
tendensiyasi natijasida hosil bo‘lgan. 
Hozirgi o‘zbek tilida bir qator so‘zlar ikki xil varintda qo‘llanadi: 
tepasida-
teppasida, eshak-eshshak, isimoq-issimoq, sasimoq-sassimoq 
va boshq. 
Bu juftliklarning moddiy jihatdan farqlovchi belgisi intervokal holatdagi 
undoshning cho‘ziqligi-qisqaligidir. 
1
Гулямов А.Г. Проблемы исторического словообразования узбекского языка. Дисс.докт.филол.наук. -Ташкент, 1975. -С.122. 
2
Абдуллаев Ф. Фонетика хорезмских говоров. –Ташкент: Фан, 1967. -С.131 


33 
Bu cho‘ziqlik-qisqalik belgisi shu so‘zlarning atash ma’nosini o‘zgartirib 
yubormaydi, balki so‘zlovchining sub’ektiv munosabatini o‘zgartiradi. «Cho‘ziqlik» 
va «qisqalik» belgilariga ega bo‘lgan so‘zlar o‘zaro zidlanadi. Bu zidlanish mazmun 
jihatdan «ekspressivlik», ma’noni kuchaytirish belgisiga ham tayanadi. «qisqalik» 
belgisiga ega bo‘lgan zidlanish a’zosi «ekspressivlik» belgisiga ega bo‘lmaydi, 
aksincha «cho‘ziqlik» belgisiga ega bo‘lgan zidlanish a’zosi bunday belgiga ega 
bo‘ladi. 
Bir xil qurshovda bir xil undoshning qisqa va cho‘ziq ko‘rinishlarining o‘zaro 
almashinuvi so‘zlarning atash ma’nosining o‘zgarishiga olib kelmas ekan, demak, 
o‘zaro almashinuvchi fonetik birliklar bir fonemaning turli variantlari sanaladi. 
Bu esa undoshlarning «cho‘ziqlik», «qisqalik» belgisi fonologik nomuhim 
belgi ekanligidan dalolat beradi. 

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin