QALBLARGA EZGULIK URUG‘INI QADAYDIGAN INSON Ustoz! Shu birgina so‘z zamirida olam-olam ma’no va hurmat
mujassam: barchaning ma’naviy ota-onasi; ilmu ma’rifatga yo‘llovchi,
ziyo tarqatuvchi; eng yaqin do‘st va yo‘l ko‘rsatuvchi; mehr va odamiylik
bulog‘i; o‘z sohasining zukko bilimdoni; adolat va haqiqat mezoni. Ular
bizlarga oq-qorani, yaxshiyu-yomonni tanitib, qo‘llarimizga ilk bor qalam
tutqazib, “Ota”, “Ona”, “Vatan”, “Ezgulik”, “Baxt”, “Saodat” kabi
so‘zlarni yozishga o‘rgatgan buyuk zotlardir. Qalblarga ezgulik urug‘ini
qadash faqat mashaqqatli mehnat evazigagina amalga oshadi.
Har qaysi odamning hayotda sog‘lom va komil inson bo‘lib voyaga
yetishida ota-onasi bilan birga, muallim va o‘qituvchining o‘rni bor. Ming-
minglab murg‘ak qalblarga ezgulik yog‘dusini jo etadigan, o‘z
o‘quvchilariga hayot maktabini beradigan mo‘tabar zot o‘qituvchdir.
Haqiqatdan ham, insonni inson qilib kamol toptirishda, unga bilim va
odamiylik, mehr-oqibat, ezgu orzu-niyatlar bilan yashash tuyg‘ularini
singdirishda, bir so‘z bilan aytganda, jamiyatimizning munosib fuqorosi
bo‘lib hayotga kirishi va mustahkam o‘rin olishida o‘qituvchi va
murabbiylar, barcha ta’lim sohasi fidoyilarining hissasi beqiyos ekanini
xalqimiz yaxshi biladi va qadrlaydi (149 ta so’z). SABRNI TAGI SARIQ OLTIN O’tloqdagi barg ustida o’tirgan qurtcha atrofidagi uchib yurgan
kapalaklarga, sakrayotgan chigirtkalarga va yugurib yurgan chumolilarga
havas bilan qarar edi. U o’zining sekin harakat qiladigan qurt ekanidan
xijolat chekar, lekin hech kimga hasad qilmay, o’z ishini bajarar edi.
Uning ishi ipak to’qib o’ziga pilla yasash edi. Qurtcha vazifasini hafsala
bilan bajarar, chunki u har kimning o’z burchi bor, shu ishni mukammal
qilish lozim, deb tushunar edi. Mana u pillasini to’qib bo’ldi. Pillasining
ichiga kirib, oxirgi teshikni ham yopdi. ”Endi nima qilar ekanman?” deb
o’ylay boshlaganida, uni uyqu eltib, qattiq uxlab qoldi. Bir qancha vaqtdan
so’ng u uyg’ondi. Endi u o’zini avvalgiday emas, boshqacha his qilar edi.
Bir amallab pillani yorib tashqariga chiqdi. Yorug’ joyda o’ziga qarab
hayron qoldi. Chunki u endi qurtcha emas, go’zal kapalak edi. Quyosh
nurlarida tovlanayotgan rang-barang qanotlariga atrofdagi hammaning
havasi kelayotgandek edi. Kapalakka aylangan qurtcha buni o’zining
69
mehnati va sabri uchun berilgan mukofot deb tushundi va gulzor bo’ylab
uchib ketdi (153 ta so’z)..