D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

AQL YOSHDA EMAS…. 
Bir podshohning uch o’g’li bo’lgan ekan. Katta o’g’illari barvasta, 
kelishgan, alpqomat ekan. Kichigi esa nimjon va past bo’yli ekan. Shu 
sababli otasi uni xushlamas ekan. Lekin u ilmli va aqlli ekan. 
Kunlarning birida qo’shni mamlakatning podshohi shahzodalardan 
birini elchi sifatida saroyga taklif qilibdi. Podshoh kimni yuborish ustida 
bosh qotirib o’tirganda kichik o’g’li o’zini yuborishini so’rabdi. Uning bu 
iltimosi ustidan hamma kulibdi. Shunda shahzoda otasiga qarab shunday 
debdi: ”Otajon, narsalarning qimmati ularning hajmi bilan o’lchanmaydi. 
Hammomni isitish uchun yoqiladigan g’o’lalar katta-katta, lekin ularning 
bir aravasini birgina tilla tangaga sotib olish mumkin. Marvarid donasi 
juda kichik, lekin uning bir misqoli uchun o’n tilla berishadi”. 
Shahzodaning bu gapidan ota ham, saroy ahli ham mamnun bo’libdi va uni 
elchi sifatida qo’shni mamlakatga yuborishibdi. 
Xulosa: kishining qadr-qimmati uning bo’yi va husni bilan 
o’lchanmaydi. Uni ilm va aql aziz qiladi (134 ta so’z). 
 
NASIHAT 
Hat tomonga yugurib, maymunlar to’dasiga hujum qila boshladi. 
Bechora maymunlar sovuqdan titrar va isinish uchun chora axtarar edilar. 
Ular nogoh yaltiroq qurtni ko’rib qoldilar. Uni cho’g’ deb o’ylab, talay 
o’tin yig’ib, atrofiga qaladilar va hadeb peflayverdilar. Daraxt tepasidagi 
qush ularning bu nodonlilaridan kulib: ”Bu olov emas, kechalari yaltirab 
ko’rinadigan qurt”, desa ham e’tibor bermadilar. Shu asnoda o’tkinchi bir 
odam ahvolni ko’rdi va qushga qarab: ”O’zingni ko’p koyitma, ular senga 
quloq soladigan, foydasiz ishdan voz kechadiganlardan emas. Ularga 
nasihat qilish – qilichni toshga urish va shakarni suv ostiga berkitish bilan 
barobardir”, - dedi. Qushning nodonligi maymunlarnikidan qolishmas edi, 
u odamning nasihatiga quloq solmay, maymunlarning xatosini tushuntirish 
uchun daraxtdan tushib, ular yoniga keldi. Maymunlar esa ... uni o’rab 
olib, boshini uzib tashladilar... 
Hazrat Navoiy bejiz aytmaganlar: ”Telba qulog’iga pand – quyun 
oyog’iga band”, ya’nikim, nodonga nasihat qilganing – bo’ronning 
oyog’ini kishanlab olishga urinish kabidir (139 ta so’z). 
 


70 
ODIL XULOSA 
Bir olim odobning ko’rinishlari haqida suhbatlashish uchun o’z 
shogirdlarini uyiga chqairdi. Bu suhbatga qarib qolgan ustozini ham taklif 
etdi. Olim shogirdlariga munozarani boshlab turishni aytib, o’zi taom 
tayyorlash uchun chiqib ketdi. Olimning ustozi bir oz kechikib kelib, 
suhbatni bo’lmay poygakka o’tirdi. Yupun kiyingan qariyaga hech kim 
e’tibor bermadi. Yig’ilganlarning hammasi bir-birlarini kutmay
tovushlarini ko’tarib o’z fikrlarini aytishar edi. Shu orada xonaga olim 
kirib keldi. Ustozi bilan ko’rishib hol-ahvol so’rashayotgan paytda 
shogirdlardan biri munozaraga sabab bo’layotgan bir masala xususida 
uning fikrini so’radi. Shunda olim: ”Men bu xususda avval ustozimning 
fikrini bilmoqchiman”, deb qariyaga qaradi. Qariya bir oz o’ylanib turib, 
past ovozda dedi: ”Sizning munozarangiz oxiriga yetmaydi, chunki 
o’zingizda yo’q narsa ustida bahslashmoqdasiz. Bilingki, xumning ichi 
bo’sh bo’lganda uning ovozi baland chiqadi. Siz hali bo’sh xum darajasiga 
ham yetmabsiz”. 
Xulosa: bilingki, birovning gapini bo’lish – eng yomon odat. 
Haqiqatni himoya qilish uchun esa baqirish shart emas (143 ta so’z).

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin