D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

ABU ALI IBN SINO
Yevropada Avisenna nomi bilan mashhur bo’lgan Abu Ali ibn Sino qomusiy 
olim sifatida o’z davridagi fanlarning deyarli barchasi bilan shug’ullangan. 
Falsafa, tabobat, fizika, kimyo, matematika, geologiya, mineralogiya, 
astronomiya, botanika, din tarixi, musiqa, she’riyat, filologiya va boshqa 
fanlarga oid asarlari allomaning buyuk iste’dod sohibi va yirik qomusiy olim 
sifatida shuhrat qozonganining yorqin timsolidir. Ilmiy adabiyotlarda Ibn Sino 
qalamiga mansub 450 dan ortiq asar qayd etiladi. Ammo bizning zamonamizga 
ularning yarmidan ko’prog’i yetib kelgan xolos.
Ibn Sino Buxoro yonidagi Afshona qishlog’ida tug’ildi, yoshligi ham shu 
yerda o’tdi. So’ng uning ota-onasi Buxoroga ko’chib keladi va u Buxoroda 
mavjud bo’lgan ilmiy muhit ta’sirida ko’p fanlar bilan qiziqib shug’ullanadi. 
U yoshligidanoq noyob iste’dod va xotira egasi bo’lib, atrofdagilarni 
hayratga soladi. Uning yoshligi va o’spirinlik yillari Buxoroda Somoniylarning 
hukmronlik davriga to’g’ri keladi. Bo’lajak olim saroyning boy kutubxonasidagi 
kitoblardan foydalanadi, shahardagi kitob bozoridan noyob qo’lyozmalarni sotib 
olib bilimini oshira boradi.
999-yilda Somoniylar hukumati qulab, shaharni Qoraxoniylar bosib oladi. 
Ibn Sino bu davrda barcha ilmlarni egallagan va qator risolalar yoza boshlagan 
edi. 
IX asr boshlarida Ibn Sino Xorazm (Urganch)ga ko’chib keladi va shoh 
Ma’mun saroyidagi olimlar bilan tanishadi. Bu yerda Ibn Sino Iroqiy, Abu 
Rayxon Beruniy, Abu al-Xayr Xammar, al-Masihiy kabi olimlar davrasida ijod 
qilib, bir necha risolalar yaratadi. So’ng janubda Mahmud G‘aznaviy davlatining 
xuruji orta borishi bilan Eronga yuz tutadi. Eroning Gurgon, Ray, Isfahon kabi 
qator shaharlarida sarsonlikda kezib, 1037 yili 57 yoshida Hamadonda kasallikdan 
vafot etadi. 
Ibn Sino Sharq va jahon hazinasiga tayanib, o’zining falsafa, tabobat va 
tabiat ilmlariga bag’ishlangan "Shifo kitobi" ("Kitob ash-Shifo"), "Tib 
qonunlari" ("Al-qonun fit-tib"), "Najot kitobi" ("Kitob an-najot"), "Bilimlar 
kitobi" ("Donishnoma") kabi yirik asarlarini yozdi. 
Ibn Sino falsafiy asarlarining eng yirigi "Ash-Shifo"dir. U to’rt qism va 22 
jilddan iborat bo’lib, unda mantiq, metafizika, fizika, matematikaga oid 
masalalar talqin etiladi. Ammo unga eng katta shuhrat keltirgan asar «Tib 
qonunlari» bo’ldi (226 ta so’z). 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin