93
ma’naviy fazilatlar – odob, go‘zal axloqda kamolotga erishishi,
kamtarinlik sharafiga muyassar bo‘lishi ham farz, ham qarzdir.
Inson benuqson bo‘lishi uchun turmush
tajribalarini boshidan
o‘tkazmog‘i, minglab yillar mobaynida jamiyat a’zolari tomonidan
yig‘ilgan odob me’yorlarini o‘zlashtirmog‘i zarur.
Ba’zi odamlar kishining ma’naviyatiga qarab emas, uning mansabi,
boyligi va foydasi tegishiga qarab hurmat qilishadi. Bu chin insoniylik
emas, soxtalikdir.
Fikri tarqoq, turfa xil tovlanuvchi beqaror
shaxslardan yaxshilik
kutma.
Razil, qurumsoq, baxil va xasis kishining fikri-zikri boylik to‘plashga
qaratilgan bo‘ladi. U erta-yu kech faqat shaxsiy mulk orttirishni o‘ylaydi.
Bunday shaxs el-u yurtga, do‘st-u birodarlarga va umuman jamiyatga
fidokorlik, yaxshilik qilish fazilatidan mahrum kishidir.
Odamzotning taqdirini odamzot hal qiladi, degan mag‘zi to‘q gapda
ham bir olam ma’no bor... Bir-biriga yaxshilik, sof mulozamat, tiniq iltifot,
hamdardlik,
mehr-u oqibat, yuksak muruvvatlilik, o‘zaro qadr-qimmatni
bilish, saxovatmandlik, hayot kurashlarida hamkorlik, bir-biriga do‘stona
yordam, sadoqatlilik– bularning hammasi insonning
taqdirini hal qilishda
katta rol o‘ynaydi.
Inson bir-biri bilan subhidamda salomlashishi, ahvol so‘rashi, bir-
biriga omonlik, tinchlik tilashi, xushnud mulozamat hadya etishi ko‘ngilni
yayratadi va yaxshi kayfiyat bag‘ishlaydi, shuningdek, ishtiyoqni oshiradi.
Bu noyob ne’matdan hamma bahramand bo‘lishi bag‘oyat buyuk ishdir.
(Sh.Orifiy) (199 ta so‘z).
ARASTUNING ISKANDARGA AYTGANLARI
Iskandar yunon yeridan azmi safar qilib ketar ekan, o‘z ustodi
Arastuga dedi: «Ey ustod, menga nasihat so‘zlaridan aytsangiz!»
Arastu
unga dedi: «Doim ilm ol, ilm o‘rganishdan hech vaqt or qilma! Bayt:
Ilm o‘rganishdan tinma hech qachon, Ilmsizlik o‘ti kuydirar yomon!
Izzat va obro‘yim oshsin desang, hech qachon nohaq ishga qo‘l urma!
Ishlarim doimo yaxshi va tartibli bo‘lsin desang, faqat o‘z manfaatingni
o‘ylab ish qilma! O‘z aybingni bilishga intil, chunki aybli odam har yerda
ojiz bo‘ladi. Hamma yerda fikr va tadbir yuzasidan ish tut, aybingdan ogoh
qilgan kishilarga g‘azab qilma», Arastu shu nasihatlami aytib,
Iskandar
bilan xayrlashdi.
Ey o‘g‘lim, agar sen dunyoda baxt-u saodat topay desang, mening bu
pand-nasihatlarimga amal qilib, shu asosda ish tut. Sen qanchalik dono
94
bo‘lmagrn, o‘zingni dono deya tasawur qihna, shunda yana ham donoroq
bo‘lasan. Nima bilsang, uni boshqalarga o‘rgat, ammo ilmni o‘z joyida
ishlatishni bil. So‘zni qisqa gapir,
behuda takror qilmaginki, takror – umrni
behuda sarf qilishdir. Oddiy odamlarga oddiy gapir, donolar bilan
donolikka xos gaplash, har odamning fahm-u farosatiga moslab gapir,
odamning fahm-u farosatini esa uning gapidan bilib olasan.
Kishining go‘zalligi libosida emas, balki tilidadir. Har narsaga adolat
ko‘zi
bilan boq, oqibat haqni nohaqdan ajratishni o‘rganasan. Nima
eshitsang, unga amal qilishdan ehtiyot bo‘l. Ishlarda o‘rtacha yo‘l tut.
Haddan oshma! Qanchalik mukammal odam bo‘lmagin, baribir kamtarona
ish tut. Sen gavharing bilan emas, balki xislating bilan ko‘krak ker.
(
“Hikmatlar qonuni»dari)(220 ta so’z).
Dostları ilə paylaş: