D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

SAMIMIYAT 
Men bu yigit to‘g’risida birinchi marta jurnalist oshnamdan eshitgan 
edim. Oshnam u haqda shunday samimiyat, hurmat bilan gapirdiki, u bilan 
bir ko‘rishib suhbatlashish ishtiyoqi tug’ilib qoldi menda. 
U bilan mashinasozlik zavodining katta sexida uchrashdim. U 
universal stanokda detal yo‘nmoqda edi. Qalin qora sochlari peshonasiga 
tushib, bir qoshini to‘sib qo‘ygan bu novcha, ozg’in yigit qarab turganimni 
sezmas edi. 
Bir oz ishiga razm solib turganimdan keyin, sexdagi shov-shuvni 
bosgudek baland ovoz bilan ismini aytib chaqirdim-da, ikki og’izgina 
suhbatlashishga ijozat so‘radim. 
O‘sha kezlarda «Zarbdor mehnat brigadasi» degan gap endi chiqqan 
bo‘lib, zavodni jurnalist va adiblar bosib ketgan paytlar edi. Yigit meni 
ham gazeta xodimi deb o‘yladi shekilli, qoshlarini chimirib: 
– Ishdan keyin uchrashsak qanday bo‘ladi? — deb so‘radi. 
Yigitning so‘zlarida, qoshlarini chimirib, kulimsirab qarashida 
shunday samimiy iltimos ifodasi bor ediki, yo‘q deyolmadim. 
Shunday kishilar ham bo‘ladiki, ularning butun fazilatlari yuzlaridan 
ko‘rinib, so‘zlari, qiliqlaridan bilinib turadi. Bir suhbatdayoq sizni o‘ziga 
rom qilib qo‘yadi. Istarasi issiq bu yigit ham xuddi shunday samimiy 


92 
kishilardan edi. Yigirma-yigirma bir yoshlardagi novcha bo‘yli, uzunchoq 
yuzli, qora ko‘zlariga iliq tabassum yashiringan bu yigit meni o‘zining 
mehnatga bo‘lgan muhabbati, kamtarligi va oliyjanobligi bilan birinchi 
uchrashganimizdayoq maftun qilib qo‘ydi. O‘zi ham Zarbdor mehnat 
brigadasining eng yaxshi a’zolaridan bo‘lib, do‘stlari orasidagina emas, 
butun sex ishchilari orasida ham katta hurmati bor ekan. 
Ikkimiz do‘stlashib qoldik. Uchrashib, suhbatlashib turadigan bo‘ldik 
(213 ta so‘z).
 
QALB IZHORI 
Bu voqealarga bir qiz sabab bo‘ldi. Qizning ismi Muqaddas edi... Men 
u bilan birinchi marta institutda, kirish imtihonlari bo‘yicha himoyadan 
o‘tkazilayotgan so‘nggi konsultatsiya paytida tanishdim, yo‘q, tanishdim 
desam noto‘g’ri bo‘lardi, shunchaki ikki og’izgina gaplashish baxtiga 
muyassar bo‘ldim... 
O‘sha voqeadan bir kun oldin men zavoddan ta’tilga chiqqandim. 
Ta’til imtihon paytiga to‘g’ri kelishini bilgan oyim bilan o‘gay otam: 
«Institutga imtihon topshirib ko‘r, kira olsang, yaxshi, kira olmasang 
sendan nima ketadi?» deb anchadan beri qistab yurishardi. Men imtihon 
topshirib toleimni sinab ko‘rishga qarshi bo‘lmasam ham: «Bu gap 
zavoddagi do‘stlarimning qulog’iga chalinsa: «Bir yil ishlamasdan 
tuyog’ini shiqqillatib qoldi-ya!» deb kulishmasmikin?» degan andishalarga 
borib, ikkilanib yurardim. O‘sha kuni nonushta vaqtida bu gap yana 
qo‘zg’aldi-yu, rozilik bermay ilojim qolmadi. Lekin qiziq: shu ishga o‘zim 
rozilik bergan bo‘lsam ham, uydan chiqqanimdan keyin: «Ishdan qochdi, 
degan gapga qolmasmikinman?» degan o‘ylar yana esimga tushib, 
ko‘nglimni g’ash qildi, shuning uchun ham qabul komissiyasiga kirmasdan 
avval, bu yog’ini ham bir ko‘rib qo‘yay, degan fikr bilan konsultatsiya 
o‘tkazilayotgan auditoriyaga kirdim. 
Men kirganda derazalari hovliga qaragan uzun, yarim qorong’i 
auditoriya qiz-yigitlarga liq to‘lgan edi. Qop-qora yaltiroq sochlarini silliq 
qilib tarab olgan o‘rta bo‘yli yoshgina domla qo‘lidagi bo‘r bilan doskani 
taq-taq urib, uni tushunish mushkul bo‘lgan murakkab formulalarga 
to‘ldirmoqda edi (197 ta so‘z). 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin