D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

VATAN NIMA?
Vatan deganda nimani anglash kerak? 
Ona tuproq Vatanmi? Hijratda jon berayotgan musofir ko`ksida necha 
yillar davomida yashirib yurgan dil to`tiyosi - bir hovuch tuproqni boshi 
ostiga qo`yishni vasiyat qiladi. Oddiy tuproqmikan Vatan tuprog`i? 
Qancha qon-u qancha qora ter, qancha ko`z yosh-u qancha ona suti 
to`kilgan bu tuproqqa. Ko`zimizni osmondan uzmay yashaymiz-u, 
vujudimiz shu tuproqniki… Bu tuproq bobolar-u momolarimizning 
muqaddas xoki.
Tilimiz ham vatanimizdir. Axir yurt tuprog`idagi har bir gulning, har 
bir maysaning, har bir og`ochning, har bir parranda-yu darrandaning, har 
tog`-u bog`ning nomi bor. Nomni tilga olar ekanmiz, ular «yarq» etib 
butun zalvori bilan ko`zimiz o`ngida gavdalanadilar. G`ala-g`ovur begona 
shahar ko`chalarida to`satdan ona tilimizda gapirgan odamni uchratsak, 
dilimiz orziqib ketadi, uni to`xtatib suhbatlashgimiz keladi. Shoirlar 
she'ridagi yurtimiz madhi dillarimizda mehr uyg`otadi. 
Umrimizning har bir lahzasi Vatanga bo`lgan munosabat bilan 
belgilanadi. Vatan - umrimizning mazmuni, maqsadimiz g`oyasi. Losos 
degan baliq bor. U umrinig so`ngida necha-necha dengiz-u daryolarni 
oshib, toshlar ustidan hatlab, qachonlardir o`zi ko`z ochgan kichik va tinch 
o`zaniga qaytar ekan. Har bahorda uyingiz peshtoqida in qurgan qushlarni 
ko`rasiz. Ular uyingizni adashmay topib keladilar. Inson tafakkuri ham 
yillar-u kulfatlar osha o`zining ibtidosi - Vataniga qarab intiladi. Bu 
intilish abadiydir…(188 ta so‘z). 
 
HASAD 
Aytishlaricha, Iskandar zamonida shunday bir dahshatli hayvon paydo 
bo‘libdiki, unga hech kim bas kela olmabdi. 
Nihoyat, bu baloni daf qilish chorasini Arastu hakim topdi. Uning 
buyrug‘i bilan juda ham katta oyna tayyorladilar, u oyna orasida bir-ikki 
kishining bekinib o‘tirishi mumkin edi. O‘sha oyna sig‘arlik juda katta 
arava tayyorlab, uni aravaga ko‘tarib qo‘ydilar. Arastu oyna orasida 
bekinib o‘tirdi. Aravani u jonivor turadigan joyga yaqinroq yerga keltirib 
qo‘ydilar. 
Jonivor odam isini olib, arava tomonga qarab kela boshladi. Aravaga 
yaqin kelgan edi, ko‘zi oynaga tushdi, oynada o‘z suratini ko‘rib darrov 
yiqilib o‘ldi. Iskandar bu ishdan juda taajjublanib, Arastudan buning 
hikmatini so‘radi: 


103 
– E, Iskandar, bu jonivor yer ostida bir necha yil yotgan badbo‘y 
bug‘lardan vujudga kelgandi, uning ko‘zida zaharli qotil bor edi: kimga 
ko‘zi tushsa, u darrov o‘lardi. Men oldiga oyna olib bordim, uning aksi 
oynada paydo bo‘ldi, nazari unga tushdi. Bu nazar u aks etgan oyna 
vositasi bilan o‘ziga qaytdi va o‘z nazarining asari o‘ziga urib halok bo‘ldi. 
Iskandar Arastuga tahsin o‘qidi. Hasadning yomonligi o‘ziga qaytadi. 
O‘t kuydirish uchun biror narsa topmasa, o‘zini o‘zi kuydiradi. («Ipak yo‘li 
afsonalari»dan) (172 ta so‘z). 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin