D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

TOSHKENT 
Toshkent shahri qadimda “Choch”, “Shosh” nomlari bilan atalgan. XI 
asrdan Toshkent deb yuritila boshlagan. Toshkent geografik jihatdan qulay 
yerda joylashgan, iqlim sharoiti ham mo‘tadil bo‘lganligi uchun 
dehqonchilik va chorvachilik rivojlangan. Qadimgi Toshkentning atrofi 
baland va qalin devorli qo‘rg‘on bilan o‘ralgan edi. Shaharning bo‘yi ham, 


99 
eni ham 6-7-kilometr uzunlikka teng bo‘lgan. Yozma manbalar va 
arxeologik tadqiqotlar shaharning yoshi 2000 yildan ortiqligini tasdiqlaydi. 
Shahar devoridan tashqarida eng sersuv yerlar o‘zlashtirilib, obod 
etilgan. Aholi meva, sabzavot va g‘allaga zoriqmagan. 
Toshkent o‘zaro urushlar, qo‘zg‘olonlar, ko‘chmanchi qabilalar 
hujumlari natijasida bir necha marta vayron qilindi va qayta tiklandi. XIII 
asrgacha Toshkent qal’a, ichki va tashqi shahardan iborat bo‘lib, atrofi bir 
necha qator mudofaa devori bilan o‘rab olindi. Shaharda kulolchilik, o‘q-
yoy, gazlama, charm mahsulotlari ishlab chiqarish rivojlanadi. XV-XVI 
asrlarda Toshkentda yirik tarixiy ansambllar qad ko‘taradi. XVIII-XIX 
asrlarga kelib, shahar yanada kengaydi va hududi 15 ming gektarga yetdi. 
Shahar to‘rt daha va yuzlab mahallalarga bo‘lingan. Shaharga 12 darvoza 
orqali kirilgan. 
Toshkent 1930-yildan O‘zbekistonning poytaxti deb e’lon qilindi. Shu 
yillar ichida Toshkentning qiyofasi tubdan o‘zgardi. Tor, qing‘ir-qiyshiq 
ko‘chalar o‘rniga keng va elektrlashtirilgan yorug‘ xiyobonlar barpo etildi, 
ko‘p qavatli binolar qurildi.
Toshkent mamlakatimizning ulkan sanoat markazi bo‘lib, bu yerda 
300 dan ortiq yirik zavod va fabrikalar muntazam ishlab turibdi. 
Toshkentda 
mashinasozlik, 
yengil 
va 
oziq-ovqat 
sanoati 
tez 
rivojlanmoqda. Poytaxtimizdagi to‘qimachilik, trikotaj kombinatlari, 
traktor, samolyotsozlik zavodlari, boshqa davlatlar bilan hamkorlikda 
ochilayotgan qo‘shma korxonalar ishlab chiqarayotgan mahsulotlar jahon 
bozorida o‘z xaridorini topmoqda (229 ta so‘z). 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin