98
sog‘ligini mustahkamlash yo‘lida alohida xizmat ko‘rsatgan kishilar uchun
”Sog‘lom avlod uchun” ordeni ta’sis etildi
(195 ta so‘z).
O’ZBEK KURASHI
O‘zbek xalqining ota-bobolari qadim zamonlaridan beri ko‘plab sport
turlari bilan shug‘ullanib kelishgan. Bu sport turlaridan poyga, uloq
chopish, chavgon, kurash, merganlik, shatranj, tosh ko‘taish, arqon tortish
kabilar xalq orasida keng tarqalgan. Bu sport turlari bo‘yicha bayramlarda,
to‘ylarda musobaqalar o‘tkazilganligi haqida o‘zbek xalq og‘zaki ijodi
namunalarida, “Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li” kabi dostonlarda,
tarixiy
kitoblarda ko‘plab ma’lumotlar mavjud. Hozir ham bayramlar, to‘ylar
qiziqarli kurash, ko‘pkari musobaqalarisiz o‘tmaydi.
O‘zbek kurashi haqida chet elliklarga birinchi marta 1992-yilda
Kanadada dzyudo bo‘yicha bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida hamda
xalqaro dzyudo fediratsiyasi kongressida ma’lumot berilgan edi. O‘zbek
kurashi haqida to‘liq ma’lumotlar Yaponiya,
Hindiston, Buyuk Britaniya
va Monakoda bo‘lib o‘tgan xalqaro forumlarda e’lon qilingan. Shu tariqa,
bizning milliy kurashimiz chet ellik sportchilar va sport mutaxassislarining
diqqatini jalb etdi.
1998-yil 6-7-sentabr kunlari Toshkentda kurash bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti sovrini uchun I xalqaro turnirda 20 dan ortiq
mamlakat vakillari qatnashdi. Shu kunlari Toshkentda o‘zbek kurashi
ta’sis kongressi bo‘lib o‘tdi va unda Xalqaro
kurash assotsiatsiyasining
faxriy Prezidenti saylandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 1-fevralda
assotsiatsiyani qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida chiqargan farmoni o‘zbek
kurashining nafaqat respublikamizda, butun jahon bo‘ylab keng
tarqalishiga turtki bo‘ldi. 1999-yil 1-mayda Toshkentda o‘zbek kurashi
bo‘yicha birinchi jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda dunyoning ellikka
yaqin mamlakati vakillari ishtirok etishdi. Hamyurtlarimiz T.Murodov,
A.Qurbonovlar o‘z vaznlari bo‘yicha bu musobaqalarning birinchi
chempionlari bo‘lishdi
(200 ta so’z).
Dostları ilə paylaş: