107
SHARAFLI KASB
Ibtidoiy jamiyat
davridayoq odamlar ovchilik, keyinroq esa
chorvachilik, dehqonchilik, kosibchilik bilan shug‘ullanganlar. Jamiyat
rivojlangan sari ortib borayotgan ehtiyoj
va talabni qondirish uchun
kasblar ham ko‘payib borgan. Bugungi kunda jamiyatimizni novvoy,
uchuvchi, huquqshunos, konstruktor, shaxtyor, payvandchi, aktyor,
bo‘yoqchi, xonanda, rassom,
shifokor, musiqachi, sotuvchi, bastakor,
duradgor,
temirchi, hisobchi, naqqosh, chilangar, broker, yozuvchi,
menenjer va hokazo kabi yuzlab kasblarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Ko‘pchiligimiz
hali maktabga bormasimizdanoq, ayrimlarimiz esa
maktabda o‘qiy boshlagach, o‘zimizga kasb tanlaymiz. Kimdir mashhur
sportchi,
kimdir taniqli jurnalist, yana kimdir mohir tikuvchi, tergovchi,
quruvchi, kosmonavt, harbiy mutaxassis bo‘lishni orzu qiladi. Har birimiz
shu ezgu orzuyimizga erishish, tanlagan kasbimizni egallash uchun tinmay
o‘qiymiz, izlanamiz, intilamiz.
Dunyoda shunday bir
sharafli kasb egalari borki, ular ming yillardan
beri barcha xalqlar orasida el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lib keladi. Bu
kasb ko‘pchiligimiz sevadigan o‘qituvchilikdir. Bu kasbning naqadar
sharafli ekanligini miloddan oldin o‘tgan buyuk yunon faylasufi
Arestotelni ”birinchi muallim”, X asrning ulug‘ qomusiy
olimi Abu Nasr
Forobiyni ”ikkinchi muallim” deb ataganliklaridan ham bilsa bo‘ladi.
O‘qituvchi endigina atrof-olamni ko‘rib, uning ajoyibotlaridan
hayratlanayotgan 7-8 yoshdagi bolalarga mo‘jizalar yaratishni: yozish,
o‘qish, hisoblash, go‘zallikni his qilish va o‘z taassurotlarini hikoya qilish,
tasvirlash, kuylash orqali boshqalarga yetkazishni o‘rgatadi.
Kishining jamiyatda o‘z o‘rnini topib olishida ota-ona va bilimdon
o‘qituvchilarning xizmatlari beqiyosdir. Shuning uchun ham xalqimiz
otani ulug‘lab ”ota rozi – xudo rozi” desa, ustozlarni ulug‘lab ”ustoz
otangdan ulug‘” deydi.
(200 ta so’z).
Dostları ilə paylaş: