D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

 
KABUTAR HIKOYATI 
Alisher Navoiyning ’’Saddi Iskandariy’’ dostonida Qirvon o‘lkasida 
devor qurayotgan askarlarning Vatan sog‘inchiga hamohang bir hikoyat 
keltirilgan.
Xat tashuvchi bir qush bor edi. U tez uchar bir kabutar bo‘lib, bir 
quloch yozib qanot qoqqanda bir tosh, ya’ni 8 kilometr yo‘l bosar edi. 
Kabutar bir shohning tuzog‘iga ilinib, qanot va patlari ko‘p shikast yedi. 
Falak unga qattiq zulm o‘tkazib, bir necha yil uni qafasga solib qamab 
qo‘ydi. U bechora bir kuni zindondan qutulib, shodlik va xursandlik bilan 
sayrab, osmonga chiqib, har tarafga sinchiklab qarab, o‘z makoni tomon 
yo‘l oldi. Qush g‘ayrat bilan uchib, bir necha kunlik yo‘lni bir damda 
bosib o‘tdi. Lekin zamona zulmi uning turadigan uyasini ham xarob qilgan 
edi. Kabutar uyasiga yetib kelib, joyini topa olmasa ham, uchishdan 
to‘xtamadi. Ko‘p kishilar tomga don sepib, kabutar uchirib, uni tutmoqchi 
bo‘ldilar. Kabutar bunga e’tibor bermay, o‘z tomini axtarib uchar edi. 
Ko‘p aylangach, u ehtiyotkorlik bilan o‘z vayronasi ustiga asta qo‘ndi. U: 
”Shohning saroyini nima qilay. U yer menga begonadir, bu yer vayrona 
bo‘lsa ham, o‘z o‘rgangan joyimdir”, - dedi. 
Ushbu hikoyatning g‘oyasi xalqimizning “O‘zga yurtda shoh 
bo‘lguncha o‘z yurtingda gado bo‘l”, degan maqoli bilan hamohang bo‘lib, 
vatanparvarlikni ulug‘laydi. (186 ta so‘z). 
 
JONBAXSH TOMIRLAR 
Har qanday taraqqiyot zamirida ma’naviy yangilanish an’anasi yotadi. 
Inson ruhiyatida kechadigan jarayonlar moddiy taraqqiyotni harakatga 
keltiruvchi manba hisoblanadi. Shu bois moddiy yuksalish ma’naviy 
yuksalish bilan o‘zaro aloqadorlikda kechadi. Ma’naviy yangilanishning 
birinchi sharti shaxsning erkinligidir. Chunki erkin odamgina o‘z 
hayotining barcha jabhalarida o‘zgarish qilishga qodir. Bu qonuniyat 
jamiyat hayotiga ham taalluqlidir. 


104 
Tarixga nazar tashlasak, qaysi yurtni bosqinchilar istilo qilgan bo‘lsa, 
avvalo o‘sha xalqni ma’naviy jihatdan asir etishga uringan. Maqsad – 
ma’naviy qashshoq va manqurt kishilarni tarbiyalash bo‘lgan. Chunki bu 
holda odamlarni boshqarish va qullikda ushlab turish juda oson yumushga 
aylanadi. Chunonchi, arablar Movarounnahrni ishg‘ol etgandan so‘ng 
birinchi navbatda olim-u fuzalolarni qirib tashlagan. 
Lekin shunday bo‘lsa-da, bosqinchilar hech qachon maqsadlariga 
erisha olmagan. Chunki xalq xotirasini yo‘qotish, uni batamom qirib 
yuborish oson ish emas. Ma’naviyatning qadim ildizlaridan oziqlanuvchi 
xalqning mutafakkir va ziyoli farzandlari ozodlik uchun jon olib, jon 
bergan, xalq xotirasining o‘lmasligi, irodasining bukilmasligiga timsol 
bo’lib qolavergan. Zero, Cho‘lpon ta’biri bilan aytganda, xalq dengizdir, 
to‘lqindir, kuchdir. Bizning bugungi ozod hayotimiz ham xalq xohish-
irodasining timsoli, ma’naviyatning teran va jonbaxsh ildizi demakdir. 
Ma’naviy yangilanish jarayonini boshdan kechirayotgan xalqimiz 
taraqqiyot pillapoyalarida shaxdam odimlamoqda (176 ta so’z). 
 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin