D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

 
SHARAFLI KASB 
Ibtidoiy jamiyat davridayoq odamlar ovchilik, keyinroq esa 
chorvachilik, dehqonchilik, kosibchilik bilan shug‘ullanganlar. Jamiyat 
rivojlangan sari ortib borayotgan ehtiyoj va talabni qondirish uchun 
kasblar ham ko‘payib borgan. Bugungi kunda jamiyatimizni novvoy, 
uchuvchi, huquqshunos, konstruktor, sartarosh, operator, oshpaz, soatsoz, 
shaxtyor, haydovchi, traktorchi, suvoqchi, ekskovatorchi, buldozerchi, 
payvandchi, aktyor, xonanda, rassom, shifokor, musiqachi, bastakor, 
duradgor, temirchi, hisobchi, naqqosh, chilangar, broker, yozuvchi, 
menenjer va hokazo kabi yuzlab kasblarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. 
Ko‘pchiligimiz hali maktabga bormasimizdanoq, ayrimlarimiz esa 
maktabda o‘qiy boshlagach, o‘zimizga kasb tanlaymiz. Kimdir mashhur 
sportchi, kimdir taniqli jurnalist, yana kimdir mohir tikuvchi, tergovchi, 
quruvchi, kosmonavt, harbiy mutaxassis bo‘lishni orzu qiladi. Har birimiz 
shu ezgu orzuyimizga erishish, tanlagan kasbimizni egallash uchun tinmay 
o‘qiymiz, izlanamiz, intilamiz. 
Dunyoda shunday bir sharafli kasb egalari borki, ular ming yillardan 
beri barcha xalqlar orasida el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lib keladi (129 ta 
so’z).
 
USTOZ OTANGDAN ULUG‘ 
Dunyoda kasblar juda ko’p. Ularning orasida ko‘pchiligimiz 
sevadigan o‘qituvchilikdir. Bu kasbning naqadar sharafli ekanligini 
miloddan oldin o‘tgan buyuk yunon faylasufi Arestotelni ”birinchi 
muallim”, X asrning ulug‘ qomusiy olimi Abu Nasr Forobiyni ”ikkinchi 
muallim” deb ataganliklaridan ham bilsa bo‘ladi. 
Ota-ona o‘z farzandini sog‘lom qilib o‘stiradi, kiyim-kechak, oziq-
ovqat, odob-axloq o‘rgatadi. O‘qituvchi endigina atrof-olamni ko‘rib, 
uning ajoyibotlaridan hayratlanayotgan 7-8 yoshdagi bolalarga mo‘jizalar 
yaratishni: yozish, o‘qish, hisoblash, go‘zallikni his qilish va o‘z 
taassurotlarini hikoya qilish orqali boshqalarga yetkazishni o‘rgatadi. O‘z 
o‘quvchisining tarbiyali, madaniyatli, bilimli, hunarli, mehribon inson 
bo‘lib kamol topishi uchun bor bilimi hamda kuchini sarflaydi. U 
shogirdlarining har bir mavaffaqiyatidan o‘zi erishgan g‘alabadek 
quvonadi. Muvaffaqiyatsizligidan qayg‘uradi. 


59 
Kishining jamiyatda o‘z o‘rnini topib olishida ota-ona va bilimdon 
o‘qituvchilarning xizmatlari beqiyosdir. Shuning uchun ham xalqimiz 
otani ulug‘lab ”Ota rozi – xudo rozi” desa, ustozlarni ulug‘lab ”Ustoz 
otangdan ulug‘” deydi (130 so’z).
ERKIN INSHO 
Adabiyot o‘qituvchisi jurnalni stol ustiga qo‘ydi-da, dumaloq 
ko‘zoynagini burni uchiga qo‘ndirib, sinfga razm soldi. 
- Demak, gap bunday: o‘ttizinchi yillar adabiyotini o‘rganishni 
kechiktiramiz. ...Topshiriq bo‘ldi, bugun siz bizga «Baxtli bolalik» degan 
mavzuda erkin insho yozib berasiz.
– Hamma yozadimi?
Bu nima deganlari bo‘ldi, Zoirali bo‘tam, sizga alohida taklif 
lozimmi, yo?
– Inshoni erkin deyapsiz-ku? 
– Nomi shunaqa, bo‘tam. Qani, qog‘oz olib, ish boshlanglar, vaqt 
ketmasin.
– Samad aka, biz bolalikdan o‘tdik-ku, nimasini yozamiz? 
– Hali o‘tib bo‘lganingiz yo‘q, Zoirali bo‘tam, endi o‘tyapsiz. 
Qilayotgan ishingizga o‘zingiz to‘g‘ri baho bera olgan oningizdan boshlab 
bolaligingiz bilan vidolashasiz. Bolalik qaytmas bo‘lib ketadi. Bolalik 
sizning xotirangizga ko‘chadi. Vaqti kelib bu xotira vijdon azobiga soladi, 
nimalarnidir qo‘msashga majbur qiladi. Xullas, sizni har ko‘yga soladi. U 
bilan vidolashishga oshiqmang. Bolalik – hayotning asl pallasi, undan 
ko‘proq bahramand bo‘lishga intiling... (125 ta so‘z). 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin