D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

 
IQTIDOR SOHIBI 
Fan olamida shunday olimlar ijod qilib o‘tganki, ular yaratgan ilmiy 
g‘oya va kashfiyotlar yangi yo‘nalishlarning yujudga kelishiga sababchi 
bo‘lgan. Ana shunday tengi yo‘q iqtidor sohiblaridan biri Albert 
Eynshteyndir. Uning nomi zamonaviy fizika sohasida ochilgan ko‘plab 
qonuniyatlar bilan chambarchas bog‘langan. 
Albert Eynshteyn 1879-yilning 14-mart kuni Germaniyaning Ulma 
shahrida tug‘ildi. Yoshligidan tabiiy fanlarga shunday mehr qo‘ydiki, bu 
fanlarning sirli olami uning butun borlig‘ini chulg‘ab oldi. 1896-yilda 
Syurix texnologiya institutiga o‘qishga kirdi. U shunday qobiliyatga ega 
ediki, bir marta eshitgan narsani hech o‘zgarishsiz qayta hikoya qilib 
beraverardi.


62 
Institutni bitirgandan so‘ng ketma-ket o‘z ilmiy g‘oyalarini bayon 
etgan ilmiy maqolalarini nashr qildira boshladi. E’lon qilgan har bir 
maqolasi fizika fanida katta kashfiyot bo‘ldi. 
1905-yili «Maxsus nisbiylik nazariyasi» deb nomlangan asari orqali 
fanga nisbiylik hazariyasini olib kirdi. 
XX asrning buyuk olimi, Nobel mukofoti sovrindori darajasiga 
ko‘tarilgan Albert Eynshteyn 1955-yilning 18-aprelida vafot etdi. («Nobel 
mukofoti sohiblari» kitobidan) (141 ta so‘z). 
CHO’LDAGI UCHRASHUV 
Katta yo’lga chiqib olish uchun, taxminan, bir soatcha yurish kerak 
edi. Men g’o’zapoya oralab ketgan arava izidan bordim. Ikki tarafim 
poyonsiz tekis paykallar. Barglar to’kilib, sovuqdan qorayib ketgan 
g’ozalarning quyuq poyalari shamolda qaltiraydi. Osmon-u falakni qoplab 
olgan qop-qora bulut odamning ustiga bosib tushayotgandek... Ko’z ilg’ar 
joyda na birorta daraxt, na birorta xonadon ko’rinadi. Uch kun surunkasiga 
quygan yomg’ir kechagina tingan, yo’l loy va og’ir. Qancha yurganimni 
bilmayman, bir mahal allaqanday ichki bir turtki orqamga qarashga majbur 
qildi, qarasam, mendan yigirma qadamcha orqada bitta arava kelayapti. 
Nega shu paytgacha aravani payqamaganimga hayron bo’ldim. 
Hademay arava menga yetib keldi. 

Assalomu alaykum! – degan ovoz eshtildi. 

Vaalaykum assalom! – Men orqamga qaradim, qo’sh ot qo’shilgan 
aravaga qanorlarda ko’sak ortilgan, ustida o’n to’rt yoshlar chamasi 
bir bola o’tirardi. 

Katta yo’lga borasanmi? – so’radim arava tomon yo’nalib. U bosh 
siltab “ha”ning ishorasini qildi (138 ta so’z). 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin