D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

 
O’LMAS MEROS 
Misr hukmdori bilan Rum hukmdori kelishib, do’stlik ahdini tuzdilar 
va oradagi adovatga barham berdilar. Hatto Misr hukmdori Rum 
hukmdorining qizini o’g’liga nikohlab, qizini esa Rum shahzodasiga 
uzatdi. Ularning do’stlik va qarindoshlik aloqalari uzoq davom etdi. Bir 
kuni Rum hukmdori qudasiga bu mazmundagi maktubni yo’lladi: 
Ko’zimning nuri bo’lmish aziz farzandlarimizning bizlardan keyin 
ham farog’atda yashamoqliklari uchun hozirdan chora-tadbir ko’rishimiz 
kerak. Men o’g’lim uchun juda ko’p oltin jamladim. Chiroyli bog’ va 
saroy barpo ettirdim. Siz ham shunday qilgandirsiz? 
Misr hukmdori maktubni o’qib tabassum qildi va javob yo’lladi: 
Qadrdonim, men sizdan ko’ra sal boshqacharoq yo’l tutdim. Vafosiz 
mol-dunyo va matohlarga iltifot etmaganim tufayli o’g’limga oltinu 
javohirlar emas, ilm, hunar, odob, axloqni meros etib qoldirishni istadim. 
Uni ilmli, hunarli, xushaxloq qilib tarbiyaladim. Uni yaxshi adab libosi 
bilan bezadim. Mol-dunyoga qachondir zavol yetadi, ammo men 
qoldirayotgan merosga hech zamon zavol yetmaydi. Bu meros farzandimni 
har qanday balo-ofatlardan omon saqlagay... (146 ta so’z). 


72 
MILLIY BAYRAMLAR 
Bayram – muhim tarixiy voqea, hodisa sharafiga shodlik, rasmiy 
tantana o‘tkazish uchun belgilangan muborak kun. Bunday muborak 
kunlar xalq tomonidan quvonch, shodlik, tantana, o‘yin-kulgi bilan kutib 
olingan, tantanavor nishonlangan.
Har bir xalqning asrlar davomida shakllangan, ardoqlab-e’zozlaydigan 
o‘ziga xos bayramlari, tantanalari, an’analari bo‘ladi. Bayramlar qadimgi 
davrlardan boshlab xalq hayotining eng muhim va tarkibiy qismiga aylanib 
ketgan. 
Bayramlarda xalqning qadimiy udumlari, an’analari, tarixi, 
madaniyati o‘zining yorqin ifodasini topadi. Bayramlarda kishilarning 
diniy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy yutuqlari namoyish etiladi. Bayram 
arafasida, bayram kunlari kishilar bir-birlarini tabriklaydilar, bir-birlariga 
yaxshi niyatlar izhor etib, muvaffaqiyatlar tilaydilar. 
O‘zbek xalqi eng qadimgi davrlardan xalq orasida Navro‘z, gul sayli, 
ekin ekishga kirishish, qovun sayli, uzum sayli, hosil bayrami kabilar keng 
tus olgan. Keyinchalik islom dini bilan bog‘liq Ramazon va Qurbon 
hayitlari ham keng nishonlanadigan bo‘lgan. 
Bayramlar ichida Navro‘z va Yangi yilni bolalar ham, kattalar ham 
intizorlik bilan kutadilar. Bu bayramlarga imkon qadar jiddiy tayyorgarlik 
ko‘rishadi. (144 ta so’z). 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin