83
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR
XIV-XV asrlar o‘zbek adabiyotining mashhur namoyandalaridan biri,
shoir, olim, yirik
markazlashgan davlat podshosi, taniqli sarkarda
Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevralda Andijonda tug‘ilgan.
Otasi Umarshayx mirzo Amir Temirning avlodidan bo‘lib, Farg‘ona
viloyati hokimi edi. Shuning uchun ham Bobur saroy muhitida
tarbiyalanib, zamonasining ilm-ma’rifati, adabiyoti va san’atini
chuqur
o‘rgandi. Otasi bevaqt vafot etgandan so‘ng 12 yoshli Bobur Andijon
taxtiga o‘tirdi. Temuriylar o‘rtasida, shuningdek Shayboniyxon qo‘shini
o‘rtasida bo‘lib turgan urushlar tufayli mamlakat notinch edi. Bobur
yurtida tinchlik o‘rnatish, tartib joriy qilish uchun butun kuchini sarflaydi.
1504-yili Shayboniyxon qo‘shinidan
yengilgan Bobur oz sonli
lashkari bilan Afg‘onistonga ketishga majbur bo‘ladi. Bobur
Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga kiritadi va adolatli shoh sifatida shuhrat
qozonadi. 1519-1526-yillarda hind imperatori Ibrohim Ludiy qo‘shinini
yengib, Hindistonni egallaydi. Bobur 1529-yilga kelib Hindistonda asos
solgan davlatga Afg‘oniston, Panjob, Gang vodiysi (Bengaliya
chegarasigacha) kirar edi. Boburiylar hind yurtida qariyb 300
yil adolat
bilan davlatni boshqardilar, ulkan tarixiy obidalar qurdirdilar. Shulardan
Tojmahal (Shoh Jahon va malika Mumtoz Mahal maqbarasi) me’moriy
yodgorligi oq marmardan qurulgan bo‘lib, 5 gumbaz, 4 minora, balandligi
74 metrdan iborat muhtasham binodir. Bu kabi obidalar hozir ham o‘z
go‘zalligini saqlab qolgan va butun dunyo sayyohlarining eng ko‘p ziyorat
qiladigan maskanlaridan hisoblanadi (160
ta so’z).
Dostları ilə paylaş: