D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

MUSTAQIL O’ZBEKISTON 
O’zbekistonda 130 dan ortiq millat vakillari yashaydi. Uning aholisi 
soni 36 milliondan ortiq. O’zbekistonning o’rta qismi Sirdaryo va 
Amudaryo daryolari orasida joylashgan. Uning maydoni 4474 ming 
kv.kmni tashkil etadi. O’zbekiston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston 
va Afg’oniston bilan chegaradoshdir.


85 
XXI asr bo’sag’asida dunyo xaritasida yana bir mustaqil davlat -
O’zbekiston paydo bo’ldi. 31-avgust 1991-yilda Oliy Kengashning VI 
navbatdan tashqari sessiyasida O’zbekiston mustaqilligi e’lon qilindi.
1992-yil 8-dekabrda Mustaqil O’zbekistonning birinchi Konstitusiyasi 
qabul qilindi. Davlat ramzlari - davlat bayrog’i, gerbi tasdiqlandi. Davlat 
ramzlari xalqning azaliy orzusi, ezgu niyatlari, bugungi hayot mazmunini 
o’zida eks ettirib, mustaqil davlatning muhim tashqi belgilarini o’zida 
mujassamlashtiradi. 
Har bir sohada yer yuzining barcha mamlakatlari bilan hamkorlik 
kuchaydi. Ta’lim, tibbiyot sohalariga asosiy e’tibor qaratildi.
Xalqaro maydonda turli sohalarda ildam qadam tashladi. Bu yutuqlar 
fan va texnika, madaniyat, sport sohasida yaqqol ko’zga tashlandi (133 ta 
so’z). 
 
9-SINF UCHUN MATNLAR 
MUHAMMAD IBN ISMOIL AL-BUXORIY 
 810-yilda Buxoroda tug‘ilib, 870-yilda Samarqand yaqinidagi 
Xartang qishlogi‘da vafot etgan va “Hadis ilmida musulmonlarning 
yetakchisi” degan sharafli nomga sazovor bo‘lgan, hayoti va ijodi alohida 
e’tiborga molik buyuk olim, muhaddis, ya’ni hadisshunos mutafakkirdir. 
Aql-idroki, o‘tkir zehni va ma’rifatga havasi kuchli bo‘lib, turli ilm-
fanlarni, ayniqsa, hadis ilmini zo‘r qiziqish bilan egallagan. O‘n yoshida 
Qur’oni Karimni yod olgan, olimlarning hadis to‘plamlarini mutolaa qilish 
va kishilardan eshitish asnosida hadislarni yodlagan, ustozi Shayx Doxiliy 
bilan hadis rivoyatchilari haqidagi qizg‘in bahslarda qatnashgan. 
825-yili o‘n olti yashar al-Buxoriy onasi va akasi Ahmad bilan Haj 
safariga yo‘l oladi, muqaddas shaharlar Makka va Madinada o‘n olti yil 
yashaydi, o‘sha davr ilmiy markazlari - Damashq, Qohira, Basra, Kufa, 
Bog‘dod shaharlarida umr kechirib, fiqh (ilohiyat) fani bo‘yicha ham 
ta’lim oladi, dars ham beradi. Zamondoshlaridan birining yozishicha, o‘z 
ilmini oshirish maqsadida, al-Buxoriy to‘qsontacha olimdan ta’lim oladi, 
o‘z navbatida ko‘pgina shogirdlarga ustozlik qiladi. Imom al-Buxoriy 
xulq-atvori, odamoxunligi, muruvvatpeshaligi, himmati va saxovati bilan 
ajralib turgan, zehni o‘tkirligi va yodlash qobiliyatining kuchliligi bilan 
ham xalq orasida g‘oyat mashhur bo‘lgan. Manbalarda al-Buxoriyning 300 
mingga yaqin hadisni yod bilgani qayd etilgan. 
Imom al-Buxoriy xorijdan qaytgach, ona yurti Buxoroda ko‘plab 
shogirdlar va ulamolarga hadis ilmidan saboq berish bilan mashg‘ul 
bo‘ladi. 


86 
Hasadgo‘ylarning xatti-harakati sababli Buxoro amiri bilan 
munosabatlari buzilib qoladi va Samarqandga yo‘l olib, shahar yaqinida 
joylashgan Xartang qishlog‘ida o‘z shogirdlari davrasida bir oz yashaydi, 
og‘ir kasalga chalinadi va vafot etadi (222 ta so‘z). 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin